Mudrika ibn Ilyos () — islomdan avvalgi Arabiston davrida yashagan qabila yetakchisi. Banu Huzayl qabilasining ajdodi Huzaylning otasi. Shuningdek, islom payg‘ambari Muhammadning ajdodlaridan biri.
Oilasi Mudrikaning asl ismi Amir boʻlib, u Ilyos ibn Mudarning oʻgʻli boʻlgan. Ilyos ibn Mudar esa arablarning ulugʻ ajdodi Adnonning toʻrtinchi avlod naslidan edi. Uning Tabixa va Qam’a ismli ikki aka-ukasi boʻlgan. Ularning asl ismlari mos ravishda Amr va Umayr boʻlgan. Mudrika Salma ismli arab ayoliga uylangan, ammo uning kelib chiqishi borasida ixtiloflar mavjud. Ayrimlar uni Qudoa qabilasidan, boshqalar esa Rabi'a ibn Nizor naslidan deb hisoblaydi.
Salma va Mudrikaning Huzayl va Xuzayma ismli ikki oʻgʻli boʻlgan. Huzayl Banu Huzayl qabilasining ajdodi hisoblanadi. Xuzayma esa islom paygʻambari Muhammadning nasabini Mudrikaga, u orqali esa Adnonga bogʻlovchi ajdod sifatida eslanadi.
Yana qarang Paygʻambar Muhammadning shajarasi
Manbalar
Turkum:Muhammadning ajdodlari