Xavla bint al-Azvar (; 639-yilda vafot etgan) — Roshidun xalifaligida xizmat qilgan musulmon jangchi ayol. Suriyaning musulmonlar tomonidan fath etilishida muhim rol oʻynagan va akasi Diror ibn al-Azvar bilan yelkama-yelka jang qilgan. Tarixdagi eng buyuk ayol askarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi.
Xavla VII asrda Makkada tugʻilgan boʻlib, Banu Asad qabilasi boshliqlaridan biri Azvar al-Asadiyning qizi edi. U Shom (Levant) mintaqasidagi musulmonlarning fath yurishlarida oʻzining jasorati bilan tanilgan. Xavla koʻplab janglarda akasi Diror bilan yonma-yon kurashgan, jumladan, 636-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi hal qiluvchi Yarmuk jangida ham ishtirok etgan. Jangning toʻrtinchi kunida u ayollar guruhiga boshchilik qilib, Vizantiya qoʻshiniga qarshi hujum qilgan va uning bosh qoʻmondonini magʻlub etgan. Keyinroq uning oʻzi yunon askari bilan olishuvda yaralangan.
Harbiy faoliyati Kelib chiqishi Xavla VII asrda tugʻilgan boʻlishi mumkin. Uning otasi al-Azvar Banu Asad qabilasining yirik boshliqlaridan biri boʻlgan. Xavlaning akasi Diror Xandaq jangidan keyin musulmon boʻlgan. Uning oilasi ham islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlar qatorida edi. Diror juda mohir jangchi boʻlib, Xavlaga jang qilishga oid barcha bilimlarini, jumladan, nayza ishlatish, qilichbozlik va jang sanʼatlarini oʻrgatganhttps://worldhijabday.com/khawla-the-warrior-princess/.
Suriyaning zabt etilishi Uning jangovor mahorati ilk bor 634-yilda Saniyat al-Uqob jangi chogʻida namoyon boʻlgan. Shu yili kechgan Damashq qamali paytida uning akasi Diror musulmon kuchlariga boshchilik qilayotgan edi, biroq yaralanib, Vizantiya qoʻshini tomonidan asirga olingan. Xolid ibn Valid uni qutqarish uchun oʻzining tezkor suvoriy boʻlinmasini olib borgan. Xavla ham qoʻshinga hamroh boʻlib, Vizantiya qoʻshining orqa safiga yolgʻiz oʻzi hujum qilgan. Arab jangchilariga xos zirh va keng kiyimda boʻlgani uchun Xolid undan shaxsini soʻrab aniqlashtirmaguniga qadar Xavlaning ayol kishi ekanini bilishmagan.
Ajnadayn jangida Xavla yarador askarlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun musulmon qoʻshiniga hamroh boʻlgan. Akasi Diror vizantiyaliklar tomonidan asir olingach, Xavla yashil shol roʻmolga oʻranib, jangchining sovuti, qurol-yarogʻlari va baytalini olgan. U musulmon askarlariga hujum qilayotgan vizantiyaliklar qoʻshiniga qarshi jang qilgan. Musulmon qoʻshinlari yetakchisi Xolid ibn Valid askarlarga vizantiyaliklarga hujum qilishni buyurgan. Koʻplab musulmon askarlar to Xolidning oʻzi koʻringunicha Xavlani Xolid deb oʻylagan. Musulmon qoʻshini vizantiyaliklarni magʻlub etgan va dushman jang maydonidan qochib ketgan. Xolid esa qoʻshiniga qochayotgan raqib kuchlarini quvishni buyurgan. Qidiruvdan soʻng musulmon asirlari topilib, ozod qilingan. Roshidun qoʻshini qoʻmondonlaridan biri Shurahbil ibn Hasana bu haqida shunday degani rivoyat qilinadi:
Damashq qamali paytida Xavla vizantiyaliklar tomonidan asirga olingan. Biroq u qamoqdan qochishga muvaffaq boʻlgan.
Boshqa yurishlar Baʼzi anʼanaviy manbalarda aytilishicha, boshqa bir jangda Xavla eshagidan yiqilib tushgach, dushman tomonidan asirga olingan. Xavlani boshqa ayol asirlar bilan birga qarorgohga olib borishganidan soʻng dushman yetakchisi uni zoʻrlash niyatida chodiriga olib ketmoqchi boʻlgan. Shunda Xavla boshqa asirlarni ham ruhlantirgan, ular chodir ustunlarini qurol qilib olib, vizantiyalik qoʻriqchilariga hujum qilgan. Al-Voqidiyning soʻzlariga koʻra, ular Xavlani haqorat qilgan askar bilan birga besh nafar vizantiyalikni oʻldirishga muvaffaq boʻlgan, ulardan bir nafarini Xavlaning oʻzi oʻldirgan.
Merosi Umar Xavlaning jangovar mahoratini maqtagan. Saudiya Arabistonida koʻplab koʻchalar va maktablar uning nomi bilan atalgan. Iordaniyada „Tarixdagi arab ayollari“ doirasida uning sharafiga marka chiqarilgan. Koʻplab arab shaharlarida Xavla binti al-Azvar nomi bilan ataluvchi maktablar va muassasalar mavjud. Iroqda faqat ayollardan iborat harbiy boʻlinma Xavlaning sharafiga „Xavla binti al-Azvar boʻlinmasi“ deb atalgan. Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar uchun ochilgan ilk harbiy kollej ham uning sharafiga Xavla binti al-Azvar tayyorgarlik kolleji nomi bilan ataladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar Islamic Thinkers Siddiqi Al Shindagah USA Today Guide2womenleaders.com saytidan „Hokimiyatdagi ayollar 500–750“
Turkum:7-asr arab xalqlari Turkum:Ayol sahobalar Turkum:Ayol askarlar Turkum:639-yilda vafot etganlar