Georg Georginovich Isayev (1934-yil 15-iyun, Samarqand — 2013-yil 9-yanvar, Moskva) — oʻzbekistonlik davlat va xoʻjalik arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi (1994) va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligida xizmat koʻrsatgan energetik (2003) faxriy unvonlari sohibi.

Hayoti Georg Georginovich Isayev 1934-yil 15-iyunda Samarqand shahrida temiryoʻl xizmatchisi Georgin Beglyarovich Isayev (1887–1958) va onkolog-shifokor Muza Aleksandrovna Xodzko (1913–2006) oilasida tugʻilgan.

Mehnat faoliyatini 1957-yilda „Lokomotiv” sport jamiyatida elektrik sifatida boshlagan. Keyinchalik muhandis, Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi gazeta-jurnal kombinati qurilishi direksiyasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

1960-yilda Butunittifoq sirtqi energetika institutini tamomlagach, SSSR energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimida ishlagan. U katta muhandis, ishlab chiqarish-texnik boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, navbatchi muhandis, Toshkent GRES direktorining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1964-yildan KPSS a’zosi boʻlgan.

1966-yilda „Oʻzbekgidroenergoqurilish” tresti tizimida ish boshlagan. Dastlab qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi boshligʻi etib tasdiqlangan. 1971–1975-yillarda „Energostroyindustriya” ishlab chiqarish birlashmasiga rahbarlik qilgan. 1975-yilda Chorvoq GES qurilishi boshqarmasiga, 1979-yilda esa „Oʻzbekgidroenergoqurilish” trestiga rahbar boʻlgan. Uning rahbarligida Oʻrta Chirchiq GESlari kaskadida faol ishlar olib borilgan: Chorvoq gidrouzeli qurilishi „a’lo” baho bilan yakunlangan (1977), Xoʻjakent GESi (1976) va Gʻazalkent GESi (1981) qurilib, foydalanishga topshirilgan.Georg Isayev Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10- va 11-chaqiriqlari deputati etib Arnasoy saylov okrugidan saylangan. 1981-yilda Toshkent viloyat partiya qoʻmitasi a’zosi boʻlgan. 1986-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zoligiga nomzod boʻlgan.

1981-yildan 1989-yilgacha Oʻzbekiston SSR Qurilish materiallari sanoati vaziri lavozimida ishlagan. Shundan soʻng birinchi vazir oʻrinbosari lavozimiga oʻtgan. 1993-yilda lavozimini tark etib, yana „Oʻzbekgidroenergoqurilish” trestiga, keyinchalik ochiq aksiyadorlik jamiyatiga rahbarlik qilgan.

2006-yilda mehnat faoliyatini yakunlab, nafaqaga chiqqan.

Hayotining soʻnggi yillarida oilasi bilan Moskvada yashagan. 2013-yil 9-yanvarda miokard infarktidan vafot etgan.

Sport faoliyati Yoshligida sport bilan shugʻullangan, Samarqand kechki yoshlar sport maktabi musobaqalarida sambo va ogʻir atletika boʻyicha qatnashgan. Keyinchalik asosiy e’tiborini ogʻir atletikaga qaratgan. Oʻzbekiston SSR qishki spartakiadasida, shuningdek, „Lokomotiv” va „Nauka” sport jamiyatlari musobaqalarida ishtirok etgan. Ogʻir atletika boʻyicha sport ustasi unvoniga ega boʻlgan. 1978-yilda Oʻzbekiston SSR ogʻir atletika boʻyicha respublika toifasidagi sport hakami unvonini olgan. 1970–1992-yillarda Respublika ogʻir atletika federatsiyasi raisi lavozimida ishlagan. left|thumb|250x250px

Oilasi Birinchi nikohidan Muza ismli qizi boʻlgan. Ikkinchi nikohidan ikki qizi — Tatyana va Yelena tugʻilgan.

Mukofotlari va faxriy unvonlari

Oʻzbekiston #Mukofot/faxriy unvonSanasi1Mehnat shuhrati ordeni26.08.20032Oʻzbekiston energetikasi faxriysi19933Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi 15.09.1994

Sovet Ittifoqi #MukofotSanasi1„Mehnat Qizil bayroq“ ordeni11.04.19782„Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun” medali20.04.19713„Jamoat tartibini saqlashdagi a’lo xizmati uchun” medali14.11.19774„Mehnat faxriysi” medali12.03.1985

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi #Faxriy unvonSanasi1MDHda xizmat koʻrsatgan energetik 10.10.2003

Manbalar

Havolalar Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР: Десятый созыв. (Краткие биографические сведения). — Ташкент: Узбекистон, 1981. — 137-bet. Острицкий Д. Г. Полвека на передовых рубежах: 50 лет тресту «Узбекгидроэнергострой». Очерки. — Ташкент: Узбекистон, 1982. — 122—125-bet, 156-bet. Узбекская Советская Социалистическая Республика. Персональный состав (1925—1991) Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991 Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi a’zolari