Ann-Christine Nyström-Silén (qizlik familiyasi Nyström; 1944-yil 26-iyul — 2022-yil 5-oktyabr) — Ann-Christine taxallusi bilan tanilgan finlandiyalik xonanda boʻlib, 1966-yilda „Playboy“ qoʻshigʻi bilan Finlyandiya nomidan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.
Karyerasi Nyström Ulla Ja Tiina guruhi bilan birgalikda Jack Jordan va Barbara Ruskin tomonidan yaratilgan „Hail Love!“ qoʻshigʻini yozib olgan. Ushbu qoʻshiq 1969-yilda Finlyandiyada „Vie vaan!“ nomi ostida „Sonet T 6538“ yorligʻi bilan chiqarilganEasy Song — Hail Love By Jack Jordan and Barbara Ruskin45Cat — Ann Christine, Ulla ja Tiina — Discography.
Nyström 11 yil davom etgan sahna faoliyatidan soʻng 1973-yilda musiqiy faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. 1976-yilda esa Shvetsiyaning Stokgolm shahriga koʻchib oʻtgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan.
Nyström 2022-yil 5-oktyabrda Stokgolmda 78 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar