Tijana Bogićević (; 1981-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — serbiyalik xonanda. U „In Too Deep“ qoʻshigʻi bilan Ukraina poytaxti Kiyev shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2017“ tanlovida Serbiya sharafini himoya qilgan, biroq final bosqichiga chiqa olmagan.

U avval 2011-yilda Nina ijrosidagi „Eurovision-2011“ tanlovida orqa vokal ijrochisi sifatida sahnaga chiqqan. Shuningdek, 2009-yilda „Beovizija 2009“ milliy saralash tanlovida Serbiya nomidan ishtirok etishga urinib koʻrgan, ammo yarim final bosqichidan nariga oʻta olmaganRezultati glasaњa — polufinale i finale. Radio-televiziјa Srbiјe, 9 March 2009. Pristupљeno.

Bogićević 2013-yilda „Čudo“ singlining chiqarilishi bilan Serbiyada keng tanilgan. Keyingi yili Aleksa Jelić bilan hamkorlikda „Još jednom“ duetini taqdim etgan. Hozirda u AQShda istiqomat qiladi. 2015-yilda Queen Of Hearts guruhi solisti Mark Robertson bilan turmush qurgan, biroq u bilan 2022-yilda ajrashgan.

Diskografiyasi Albomlari Čudo (2018.) Blizu (2022.)

Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom CROPeak positions in Croatia: For „Hram“: „Pazi šta radiš“ 2009 — „Tražim“ 2010 — Čudo „Kada nisi tu“ 2012 — „Čudo“ 2013 — Čudo „Palim se na tebe“(with Flamingosi) — „Tijanina“ 2014 — Čudo „Stradam“ — „Sam od sutra“ — „Još jednom“(Aleksa Jelić bilan) — „Nekako nikako“ 2015 — Čudo „In Too Deep / Tvoja“ 2017 — „Ti imaš pravo“ — Čudo „Bezuslovno“ — „Dodirni me“ 2018 — rowspan="2" „Hram“(Damir Kedžo bilan) 2021 17 Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari