Sarah Engels (1992-yil 15-oktyabrda tug‘ilgan), avval Sarah Lombardi nomi bilan tanilgan, nemis qo‘shiqchisi va tele yulduzidir. U 2011-yilda „Deutschland sucht den Superstar“ tanlovining 8-mavsumida ishtirok etib mashhurlikka erishdi. Dastlab u eng yaxshi 10 ishtirokchi safidan chiqarib yuborilgan, biroq ikki ko‘rsatuvdan so‘ng yana tanlovga qaytib, yakunda ikkinchi o‘rinni egallagan.
2020-yilda u „Bepul Yevropa qo‘shiq tanlovi 2020“ tanlovida Italiya nomidan „Te Amo Mi Amor“ qo‘shig‘i bilan qatnashib, 16 ishtirokchi orasida 13-o‘rinni egalladi. 2026-yilda esa Germaniya nomidan „Eurovision qo‘shiq tanlovi 2026“da „Fire“ qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi. U mazkur tanlov uchun o‘tkazilgan Germaniya milliy saralashida g‘olib chiqqan edi.
Shaxsiy hayoti
Engels italyan kelib chiqishiga ega.
U 2013-yil mart oyida Pietro Lombardiga turmushga chiqdi va familiyasini Engelsdan Lombardiga o‘zgartirdi. 2015-yil 19-iyunda ularning Alessio ismli o‘g‘li dunyoga keldi. 2016-yil oktyabr oyida juftlik ajrashayotganini ma’lum qildi.
2020-yil noyabr oyida u futbolchi Julian Büscher bilan unashtirilganini e’lon qildi. Juftlik 2021-yil may oyida turmush qurdi va shundan buyon oilaviy familiya sifatida Sarahning qizlik familiyasi — Engelsdan foydalanib kelmoqda. 2021-yil 2-dekabrda ularning Solea ismli qizi tug‘ildi.
Faoliyati
Deutschland sucht den Superstar
Engels bundan avval ham „Deutschland sucht den Superstar“ tanlovining 7-mavsumida qatnashgan, biroq Eugen Flittner bilan ijro etgan dueti ortidan «recall» bosqichida tanlovni tark etgan.
Tanlovning 8-mavsumida esa u birinchi jonli efir (Live Show) bosqichida chiqarib yuborildi.
Keyinchalik u tanlovga qayta taklif qilindi, chunki RTL rahbari Tom Sänger (tomoshabinlar emas) sog‘lig‘i bilan bog‘liq sabablarni keltirgan holda Nina Richelni tanlovdan chetlatgan ediNina Richel: "Ich bin froh, dass es vorbei ist" (15 March 2011) .
Ijrolari bo‘yicha Ko‘rsatuv(efir sanasi) Qo‘shiq (Ijrochisi) Ovozlar ulushi Saralash Run (Snow Patrol) Recall bosqichi Footprints in the Sand (Leona Lewis) Run to You (Whitney Houston) A Moment Like This (Kelly Clarkson) Make You Feel My Love (Bob Dylan) Hurt (Christina Aguilera) Top 15(2011-yil 19-fevral) One Moment in Time (Whitney Houston) 6,1% (9/15) Top 10(2011-yil 26-fevral) When You Believe (Mariah Carey ft. Whitney Houston) 6,7% (10/10) Top 8(2011-yil 12-mart) I Wanna Dance with Somebody (Whitney Houston) 26,0% (1/8) Top 7(2011-yil 19-mart) Release Me (Agnes) 17,3% (2/7) Top 6 (birinchi ko‘rsatuv)(2 April 2011) Symphonie (Silbermond) 20,6% Run (Snow Patrol) Top 6 (keyingi ko‘rsatuv)(2011-yil 9-aprel) [Walking on Sunshine]] (Katrina and the Waves) 17,8% (2/6) Hurt (Christina Aguilera) Top 5(2011-yil 16-aprel) The Best (Bonnie Tyler) 26,5% (1/5) What a Feeling (Irene Cara) Footprints in the Sand (Leona Lewis) Top 4(2011-yil 23-aprel) I'm So Excited (The Pointer Sisters) 28,9% (2/4) Eye of the Tiger (Survivor guruhi) A Moment Like This (Kelly Clarkson) Yarim final(2011-yil 30-aprel) One Day in Your Life (Anastacia) 37,3% (1/3) Lady Marmalade (Labelle) Beautiful (Christina Aguilera) Final(7 May 2011) How Will I Know (Whitney Houston) 48,1% (2/2) Run (Snow Patrol) Call My Name (Dieter Bohlenning g‘olib qo‘shig‘i, uning uchun biroz o‘zgartirilgan)
2025-yildan hozirgacha
2025-yil avgust oyida Engels o‘zining to‘rtinchi studiyaviy albomi — Strong Girls Clubni chiqardi. Ushbu qo‘sh albomning bir qismidan nemis tilidagi, ikkinchi qismidan esa ingliz tilidagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Albom Germaniya albomlar chartida 53-o‘rinda debyut qilib, ayni paytda eng yuqori natijasini qayd etdi. Biroq ikkinchi haftadayoq chartni tark etdi va shu tariqa Engelsning faoliyatidagi eng past natija qayd etgan albomga aylandi.
2025-yil noyabr oyida u Kyolndagi Moulin Rouge! myuzikli sahna talqinida Satine rolini ijro eta boshladi. Ushbu myuzikl Baz Luhrmann rejissyorligidagi 2001-yilda suratga olingan shu nomdagi film asosida yaratilgan.
2026-yil fevral oyida Engels „Eurovision qo‘shiq tanlovi 2026“ uchun o‘tkazilgan milliy saralashda „Fire“ qo‘shig‘i bilan qatnashdi va g‘olib bo‘ldi.
Germaniya tanlovning „Katta beshlik“ (Big Five) davlatlaridan biri bo‘lgani sababli, Engelsning qo‘shig‘i avtomatik ravishda 2026-yil 16-may kuni o‘tkazilgan final bosqichiga yo‘llanma oldi. Final yakunlariga ko‘ra, qo‘shiq 25 ishtirokchi orasida 23-o‘rinni egallab, jami 12 ochko to‘pladi.
Diskografiyasi Albomlar Albom nomi Albom ma’lumotlari Chartdagi eng yuqori o‘rinlar GER AUT SWI Heartbeat Chiqarilgan: 2011-yil 24-iyun Leybl: Universal 2 5 13 Dream Team(Pietro Lombardi bilan) Chiqarilgan: 2013-yil 22-mart Leybl: Universal 33 37 69 Teil von mir(Pietro Lombardi bilam) Chiqarilgan: 2016-yil 18-mart Leybl: GoodToGo 35 27 35 Zurück zu mir Chiqarilgan: 2018-yil 4-may Leybl: El Cartel, Universal 18 18 21 Im Augenblick Chiqarilgan: 2021-yil 23-aprel Leybl: Ariola 8 16 24 Strong Girls Club Chiqarilgan: 2025-yil 22-avgust Leybl: Ariola 53 74 —
Qoʻshiqlar Nomi Yil Chartdagi eng yuqori o‘rinlar Albom GER AUT SWE SWIUKSales „Call My Name“ 2011 2 2 rowspan="8" colspan="2" — 2 — Heartbeat „I Miss You“(Pietro Lombardi bilan) 2 6 — 14 — „Only for You“ 33 47 — — — „It's Christmas Time“(Pietro Lombardi bilan) — 75 — — — Pietro Style „Dream Team“(Pietro Lombardi bilan) 2013 41 60 — 65 — Dream Team „Nimmerland“(Pietro Lombardi bilan) 2015 32 28 — — — Teil von mir „Nur mit dir“(Pietro Lombardi bilan) 2016 40 42 — — — „Teil von mir“Pietro Lombardi bilan) — — — — — „Genau hier“ 2018 31 51 — rowspan="10" — 67 — Zurück zu mir „Weekend“(DJ Herzbeat va Sarah) 2019 83 — — — — — rowspan="2" „Ich liebe nur dich“(Pietro Basile va Sarah) 49 56 — — 24 — „Te Amo Mi Amor“ 2020 11 24 — — 42 — Im Augenblick „Zoom“ — — — — — — „Ich“ 2021 92 — — — — — „Love Is Love“ — — — — — — „Mama“(Pietro Basile bilan) — — — — — — Albom bo‘lmagan qoʻshiqlar „Gebe nicht auf“ 2022 — — — — — — „Ma Bonita“(Luca Hänni bilan) — — — — — — „Gemeinsam stark“(Mike bilan) 2023 — — — — — — — Ladybug & Cat Noir: The Movie saundtrek „Para siempre (Für immer)“ — — — — — — — Strong Girls Club „Jemand“ — — — — — — — „Für immer“ 2025 — — — — — — — „Wie nie zuvor“ — — — — — — — „Flieg mit mir“ — — — — — — — Albom bo‘lmagan qoʻshiqlar „Mit dir“ — — — — — — — Strong Girls Club „Starke Mädchen“ — — — — — — — „Ich bleib“ — — — — — — — „Keep You Save“ — — — — — — — „Gimme! Gimme! Gimme!“ — — — — — — — „Liebe gibt nie auf“(DJ Herzbeat bilan) 2026 — — — — — — — rowspan="2" „Fire“ 27 21 63 24 — — 57 "—" ushbu hududda reytingda chiqmagan yoki chiqarilmagan yozuvni bildiradi."*" chartning o‘sha paytda mavjud emasligini bildiradi.
Izoh
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Nemis qoʻshiqchilari Turkum:Germaniyalik ayol qoʻshiqchilar