Jaloliddin Ali () — 1206-yildan 1215-yilgacha hukmronlik qilgan Gʻuriylar sulolasi Bomiyon tarmogʻining soʻnggi hukmdori.

Tarjimai holi U Bahouddin Samning oʻgʻli boʻlib, Alovuddin Muhammad ismli ukasi bor edi. Jaloliddinning yoshlik davrlari haqida koʻp maʼlumot saqlanmagan. Faqatgina qarindoshi Alovuddin Otsizning qiziga uylangani maʼlum.

1206-yilda Gʻuriylar davlatining oliy hukmdori Muhammad Gʻuriy suiqasd natijasida oʻldirilgach, Jaloliddinning otasi Bahouddin Sam II mahalliy eroniy askarlar qoʻlloviga erishdi. Turkiy gʻulomlar esa boshqa bir gʻuriy shahzoda Gʻiyosiddin Mahmud tomonida boʻldilar. Biroq Bahouddin Sam II bir necha kun oʻtib vafot etgach, uning oʻrniga Jaloliddin taxtga oʻtirdi. Jaloliddin va uning ukasi Alovuddin Muhammad otalarining tarafdorlari qoʻlloviga erishgan edi. Jaloliddin koʻp oʻtmay Alovuddin Muhammadni Gʻazna hukmdori sifatida taxtga chiqarib, oʻz poytaxti Bomiyonga qaytdi. Biroq tez orada ikki aka-uka oʻrtasida Bomiyon masalasida nizo kelib chiqdi. Shu orada turkiy sarkarda Tojiddin Yildiz Alovuddin Muhammaddan Gʻaznani tortib oldi.

Keyingi yillarda Xorazmshohlar davlati Gʻuriylar saltanati hududlarini asta-sekin bosib ola boshladi. Nihoyat, 1215-yilda Muhammad Xorazmshoh Jaloliddin hukmronligidagi yerlarga bostirib kirib, uni magʻlub etdi va oʻldirdi. Shundan soʻng Bomiyonni oʻz davlatiga qoʻshib olib, Gʻuriylarning Bomiyon tarmogʻiga barham berdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:12-asr eroniylari Turkum:13-asr eroniylari Turkum:Gʻuriylar sulolasi Turkum:1215-yilda vafot etganlar Turkum:12-asrda tugʻilganlar