Triana Park () — 2008-yilda tashkil etilgan latviyalik musiqiy guruh. Uning tarkibiga asoschi va bosh vokalist Agnese Rakovska, gitarachi Artūrs Strautiņš, barabanchi Edgars Viļums va bas-gitarachi Kristaps Ērglis kiradi. Guruh uslubi pop va elektron musiqani hip hop hamda rok elementlari bilan uygʻunlashtiradi.

Ular „Line“ qoʻshigʻi bilan Latviya nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etgan. Shuningdek, guruh bundan avval ham 2008, 2009, 2010, 2011 va 2012-yillarda Latviya vakili sifatida „Eurovision“ga yoʻllanma olish uchun mahalliy saralashlarda ishitirok etgan.

Karyerasi Triana Park guruhi Agnese Rakovska va uning otasi Aivars Rakovskis tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik guruhga Edgars Viļums, soʻngra esa Kristaps Ērglis qoʻshilgan. 2011-yilda ularning „Upside Down“ qoʻshigʻi „Eurovision“ saralashining final bosqichiga yoʻl olgan, biroq Rakovski kasal boʻlib qolgani sababli guruh tanlovdan chiqib ketgan. Triana Parkning ilk studiyaviy albomi — „EnterTainment“ 2010-yilda chiqarilgan. Uning ortidan 2014-yil avgust oyida guruh nomi bilan atalgan „Triana Park“ mini-albomi taqdim etilgan.

Triana Park 2017-yilda „Line“ qoʻshigʻi bilan Latviya vakili boʻlish uchun oltinchi bor urinib koʻrgan va muvaffaqiyatga erishgan. Guruh tomoshabinlar ovozining 51,56 foizini qoʻlga kiritib, Latviya nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik ular 2017-yil 9-may kuni Ukrainaning Kiyev shahridagi International Exhibition Centreda boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalda soʻnggi ishtirokchi sifatida sahnaga chiqqan. Biroq Kiyevdagi tanlovda guruh 21 ball toʻplab, birinchi yarim finalda qatnashgan 18 davlat orasida oxirgi oʻrinni egallagan va final bosqichiga chiqa olmagan.

Guruhning ikkinchi studiyaviy albomi — „Alive“ 2018-yil 18-aprelda chiqarilgan. Albom 13 ta qoʻshiqdan iborat boʻlib, ular orasida „Line“ nomli „Eurovision–2017“da ishtirok etgan singl ham boʻlgan.

Aʼzolari

Guruh aʼzolari Agnese Rakovska Artūrs Strautiņš Edgars Viļums Kristaps Ērglis

Sobiq aʼzolari Aivars Rakovskis Renārs Lazda

Diskografiyasi

Albomlar Nomi Maʼlumotlar EnterTainment Chiqarilgan: 2010 Leybl: Krap Alive Chiqarilgan: 2018 Leybl: Krap Vientuļo Dzejnieku Sala Chiqarilgan: 2024-yil 15-noyabr Leybl: —

Mini-albomlar Nomi Maʼlumotlar Triana Park Chiqarilgan: 2014-yil 29-avgust Leybl: Krap

Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom LVA RUS Line 2017 6 283 Manbalar

Havolalar

Official website

Turkum:2008-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari