Banu Gʻifar () — Banu Damra ibn Bakrga mansub arab qabilasi. Banu Damra ibn Bakr Arabistonning Hijoz mintaqasidagi yirik Kinana qabilasining bir tarmogʻi boʻlgan. Banu Gʻifar baʼzan mintaqadagi boshqa arablar tomonidan bosqinchi va qaroqchilar sifatida masxara qilingan. Ilgari koʻpxudolik eʼtiqodida boʻlgan qabila paygʻambar Muhammad davrida islomni qabul qilgan, Abu Zar al-Gʻiforiy esa Banu Gʻifardan islomni birinchilar qatorida qabul qilganlardan boʻlgan. Banu Gʻifarning kamida ikki kichik urugʻi boʻlmish Banu an-Nor va Banu Huroq Madina shahri yaqinida yashagan. Qabila islomni qabul qilgach, ilk islomiy fathlarga qoʻshilgan va keyingi yillarda ulardan ayrimlari Madinaning oʻziga koʻchib borgan. Banu Gʻifarning bir qismi Abbosiylar xalifaligiga qarshi Muhammad an-Nafs az-Zakkiyya qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagan.

Manbalar

Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Kinana