Asilbek Jalilov (2003-yil 1-dekabrda tugʻilgan, Buxoro shahri, Oʻzbekiston) — o‘zbek havaskor bokschisi. U 2022-yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo U22 chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2024-yilda Chiang Mayda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida flyweight vazn toifasida g‘olib bo‘lgan. 2025-yilda Dubaydagi IBA erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida bantamweight vazn toifasida bronza medal sohibi bo‘lgan. Faoliyati Asilbek 2022-yildan boshlab kattalar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirokini boshlagan. Yanvar oyida Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo U22 chempionatida 48 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lib, ASBC va IBA rasmiy xabarlarida musobaqa chempionlari qatorida qayd etilgan. Keyingi yillarda u Osiyo chempionatlari va yirik xalqaro turnirlarda muntazam qatnashib borgan: 2024-yilda Chiang May (Tailand) shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida o`rta yengil vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2025-yilda esa Dubayda o‘tkazilgan IBA erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida 54 kg vazn toifasida bronza medal sohibi bo‘lgan. Manbalar

Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar