Alicja Maria Szemplińska (; 2002-yil 29-aprelda tugʻilgan), mononimik tarzda Alicja nomi bilan tanilgan, polyak qoʻshiqchisidir. U „Empires“ qoʻshigʻi bilan Eurovision tanlovining 2020-yilgi musobaqasida Polsha nomidan ishtirok etishi kerak edi, biroq tadbir bekor qilindi, va u „Pray“ qoʻshigʻi bilan Eurovision tanlovining 2026-yilgi musobaqasida Polsha nomidan qatnashdi.
Faoliyati U 2019-yilda The Voice of Poland dasturining 10-mavsumi gʻolibi boʻldi.
Eurovision tanlovi
2020 Keyingi yili u oʻzining „Empires“ qoʻshigʻi bilan Polshaning milliy Eurovision tanloviga saralash musobaqasi Szansa na sukcesda gʻolib boʻldi va uni 2020-yil 14-may kuni Rotterdam shahrida boʻlib oʻtadigan Eurovision tanlovining 2020-yilgi musobaqasining ikkinchi yarim finalida kuylashi kerak edi. 2020-yil 18-mart kuni tanlov COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi. Alicja Yevrovideniye tanlovining 2021-yilgi musobaqasida Polsha nomidan yana bir bor ishtirok etish istagini bildirgan boʻlsa-da, yakunda u qayta tanlanmadi va uning oʻrniga Rafal Bjezozovskiy tanlandi.
2023 2023-yil boshida u 2020-yilgi gʻalabasidan keyin ilk bor yana Polshaning milliy finaliga oʻzining Farrah Guenena va Chloe Martini bilan birga yozgan yangi „New Home“ qoʻshigʻi bilan qaytdi. Qoʻshiq finalda jami 10 ball bilan 6-oʻrinni egalladi.
2026 Keyinchalik u yana bir bor milliy finalda gʻalaba qozonganidan soʻng „Pray“ qoʻshigʻi bilan Eurovision tanlovining 2026-yilgi musobaqasida Polsha nomidan ishtirok etish uchun tanlandi. Polsha 14-raqam ostida, San Marino ishtirokchisidan keyin va Serbiya ishtirokchisidan oldin sahnaga chiqdi. Shou yakunida mamlakat finalga yoʻllanma olgan ishtirokchi sifatida eʼlon qilindi. Keyinchalik Polsha finalning ikkinchi yarmida chiqish uchun qurʼaga tushdi. U 12-oʻrinni egallab, 150 ball toʻpladi.
Diskografiyasi Studiya albomlari Nie Wracam (2024)
Singllar
„Prawie my“ (2019) „Empires“ (2020) „Gdzieś“ (2020) „Pusto“ (2020) „Kolęda dla nieobecnych“ (2020) „Na pamięć“ (2020) „Growing Up“ (2021) „Ej, stop!“ (2021) „Spójrz“ (2021) „IDK“ (2022) „Movinʼ On“ (2022) „W moim garażu“ (2022) „Sekret“ (2022) „Stick Together“ (2022) „New Home“ (2023) „Ostatni dzień lata“ (2023) „Stój“ (2023) „Zaczekam“ (2023) „Spokojnie Panowie“ (2024) „Nie wracam“ (2024) „Za dużo łez“ (2024) „W co ty dziś grasz?“ (2024) „Pray“ (2026)
Manbalar
Turkum:Polshalik ayol qoʻshiqchilar