Roziya Gʻulomiy-Shaboniy (; 1925-yil 21-aprelda tugʻilgan — 2013-yil 28-yanvarda vafot etgan) — ozarbayjonlik siyosatchi va faol. Eron tarixidagi birinchi ayol siyosiy mahbus boʻlib, Ozarbayjon Xalq hukumati aʼzosi boʻlgani sababli Pahlaviylar sulolasi tomonidan qayta-qayta hibsga olinib, yillar davomida qamoqda saqlangan. Ilk bor 1946-yilda hibsga olingan, oʻsha paytda u hali 21 yoshda boʻlgan. Keyinchalik Germaniyaga koʻchib oʻtgan va oʻz hayotini „Memoirs of a woman“ () nomli kitobda tasvirlab bergan. Kitob Germaniyada „Aida“ nashriyoti tomonidan chop etilgan, biroq oradan biroq koʻp oʻtmay Eronda ushbu kitob sotuvi taqiqlangan. Shaboniy 2013-yil 28-yanvarda Germaniyada 87 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:2013-yilda vafot etganlar Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:Eronlik feministlar