Luca Udvardy (2005-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — vengriyalik tennischi. 2022-yil 31-oktyabrda ITF oʻsmirlar qoʻshma reytingida 14-oʻrinni qayd etgan.
Udvardy WTA Turidagi debyut oʻyinini 2021-yilgi Budapesht Gran Pri musobaqasida oʻtkazgan. Sportchi ushbu musobaqaning juftlik yoʻnalishi asosiy toʻr bahslariga yoʻllanma olgan.
Udvardy 2022-yilgi Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari finalida ishtirok etgan. Final uchrashuvda u raqibi Liv Hovdega oʻyinni boy bergan.
Uning opasi Panna Udvardy ham professional tennischi hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar