Abu al-Hassan, Ahmad Ibn Ibrohim, al-Uqlidisiy (, ) — islom oltin davri matematigi. Ehtimol Damashqdan boʻlgan, u oʻnli kasrlarni hind-arab raqamlari bilan qoʻllash boʻyicha bizgacha yetib kelgan eng qadimgi kitob — Kitab al-Fusul fiy al-Hisab al-Hindiy (Hind hisobi boʻyicha boblar kitobi)ni 952-yilda arab tilida yozgan. Kitobdan yagona 12-asr qoʻlyozmasi yaxshi saqlanib qolganMS 802 at Yeni Cami Library, Istanbul, written in 582 AH (1186 AD), biroq muallifning ismi, asl nashr yili (hijriy 341-yil, milodiy 952-yil) va yozilgan joyi (Damashq) dan boshqa hech narsa maʼlum emas: mavjud manbalarni keng qamrovli oʻrganish natijasida, qoʻlyozmani 1960-yilda kashf etgan matematika tarixchisi undan boshqa hech qanday eslatmani topa olmagan. Uning al-Uqlidisiy („Evklidiy“) taxallusi odatda Evklidning Elementlari qoʻlyozma nusxalarini sotgan odamlarga berilardi.
Uning Aritmetikasiga kirish soʻzida al-Uqlidisiy oʻzi bilgan barcha hisob mutaxassislari bilan uchrashish uchun safarga chiqqani, topa olgan avvalgi barcha kitoblarni oʻqib chiqqani va shu avvalgi ishlarga tayangan holda ularni toʻliq sintez qilganini hamda oʻz gʻoyalarini qoʻshganini taʼkidlaydi. Aritmetikada oʻrta asr islom arifmetikasining asosiy hisoblash usullari, jumladan barmoqlar yordamida hisoblash, odatda astronomiyada qoʻllangan yunon-bobil oltmishlik tizimi, kasrlar bilan hisoblash va chang taxtacha hamda ruchka bilan bajarilgan hind-arab tizimidagi pozitsion oʻnlik hisoblash usullari tasvirlanadi. Asar ayniqsa oʻnli kasrlarga boʻlgan munosabati hamda oʻchirib yozishga moʻljallangan chang taxtachasi oʻrniga ruchka va qogʻoz yordamida qanday hisoblashni koʻrsatib bergani bilan ajralib turadi.
Fors matematigi Jamshid al-Koshiy oʻnli kasrlarni 15-asrda oʻzi kashf qilganini daʼvo qilgan boʻlsa-da, J. Lennart Berggren uning adashganini taʼkidlaydi, chunki oʻnli kasrlardan besh asr avval, yaʼni 10-asrdayoq, birinchi boʻlib al-Uqlidisiy foydalangan.
Al-Uqlidisiyning matematik risolasini batafsil oʻrgangan A. S. Saidan shunday deb yozgan:
Yana qarang Hind hisobi asoslari
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:11-asr arablari Turkum:10-asr matematiklari Turkum:Oʻrta asr Suriya matematiklari Turkum:Damashqlik kishilar Turkum:Suriyalik 11-asr kishilari