"Uz-Dong-Ju" — Andijon shahrida joylashgan oʻzbek futbol klubi. Taʼsischisi — "Uz-Dong-Ju Paint Co" Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi.

Tarixi

Klub 2004-yilda tashkil etilgan va darhol Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan. 2005-yilda „Uz-Dong-Ju“ ikkinchi ligada oʻz guruhida 2-oʻrinni egalladi va shu tariqa Birinchi ligaga yoʻl oldi.

2007-yilgi mavsumda klub turnirda 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Biroq 2008-yilda u Oliy ligada soʻnggi, 16-oʻrinni egalladi va yana Birinchi ligaga tushib ketdi.

Ammo, 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin moliyaviy muammolar tufayli Uz-Dong-Ju Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2013-yilda klub Ikkinchi ligaga qaytdi, keyin esa yana 4 mavsumni (2014—2017) Birinchi ligada oʻtkazdi.

Oldingi nomlari

2003-2010: „Uz-Dong-Ju“ (Andijon) 2013-…: „Uz-Dong-Ju“ (Andijon)

Yutuqlari

Oliy ligada 16-oʻrin (2008). Birinchi liga kumush medali sovrindori (2007). Oʻzbekiston kubogining 1/8 finali — 3 marta (2007, 2008, 2016).

Mashhur futbolchilar

Alisher Ahmedov

Murabbiylar …

2007: Islom Axmedov

Manbalar

Havolalar

Klub v baze footballfacts Matchi kluba v baze Wildstat Statistika na sayte Sports.ru Istoriya futbolnix klubov SNG

Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:2004-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Andijon shahridagi sport klublari Turkum:Andijon viloyati futbol klublari