Paul Michael Romer (1955-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodchi va tadbirkor boʻlib, Boston kollejida moliya boʻyicha professori hisoblanadi. Romer Jahon bankining bosh iqtisodchisi sifatidagi faoliyati hamda endogen oʻsish nazariyasi boʻyicha ishlari uchun 2018-yilda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotini (William Nordhaus bilan birgalikda) qoʻlga kiritgani bilan mashhur. Shuningdek, u iqtisodiy tadqiqotlarda matematikadan notoʻgʻri foydalanishni ifodalash uchun „soxta matematiklik“ atamasini ham kiritgan.
Boston kollejiga qoʻshilishidan oldin Romer New York universiteti, Chikago universiteti, Berkeleydagi Kaliforniya universiteti, Stenford universitetining Biznes maktabi, hamda Rochester universitetida professor boʻlib ishlagan. Romer 2016-yilda Jahon bankiga qoʻshilganida NYUdagi professorlik lavozimidan vaqtincha taʼtilga chiqqan va 2018-yilda oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqqach yana NYUga qaytgan. U 2018-yil yanvar oyida Chilining „biznes yuritish qulayligi“ reytingi boʻyicha ehtimoliy siyosiy manipulyatsiya haqidagi bayonoti ortidan yuzaga kelgan bahs-munozaradan soʻng Jahon bankining bosh iqtisodchisi va katta vitse-prezidenti lavozimidan ketgan.
Bundan tashqari, u „National Bureau of Economic Research“, „Stenford universitetining xalqaro rivojlanish markazi“, „Stenford universitetining iqtisodiy siyosat boʻyicha tadqiqot instituti“, Hoover institutida tadqiqotchi boʻlib ishlagan, shuningdek Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi hamda Global rivojlanish markazida aʼzo boʻlgan.
Karyerasi Romering eng muhim ishlari iqtisodiy oʻsish sohasiga tegishli boʻlib, u endogen oʻsish nazariyasi rivojiga muhim hissa qoʻshgan hamda gʻoyalar raqobatda „noyob isteʼmol qilinmaydigan“ xususiyatiga ega ekanini asoslab bergan. U 1997-yilda „Time“ jurnali tomonidan Amerikaning eng nufuzli 25 kishisidan biri deb topilgan, va 2002-yilda iqtisodiyot sohasidagi Horst Claus Recktenwald mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yilda u iqtisodiyot faxriy jamiyati „Omicron Delta Epsilon“ tomonidan beriladigan John R. Commons mukofotini olgan.
Manbalar
Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Amerikalik iqtisodchilar