Michael Dean Woodford (1955-yilda tugʻilgan) — amerikalik makroiqtisodchi va pul-kredit siyosati boʻyicha mutaxassis boʻlib, hozirda Columbia universitetida dars beradi.
Akademik karyerasi Woodford 1977-yilda Chikago universitetida bakalavr darajasini, 1980-yilda esa Yale yuridik maktabida „Juris Doctor“ (huquq sohasidagi professional doktorlik darajasi)ni olgan. Woodford 1983-yilda Massachusetts texnologiya institutida iqtisodiyot boʻyicha falsafa doktorligi (PhD) darajasini olganWoodford, Michael Dean (1983), Essays in Intertemporal Economics. Ph. D. dissertation, Massachusetts Institute of Technology..
Woodford pedagogik faoliyatini Columbia universitetida boshlagan. Shundan keyin Chikago universiteti va Prinston universitetida dars bergan. 2004-yilda esa „John Bates Clark“ nomidagi kafedraga mudir boʻlish uchun yana Columbia universitetiga qaytgan. Woodford 1981–1986-yillarda ilmiy tadqiqotlarini moliyalashtirgan John D. va Catherine T.larning „MacArthur Foundation Prize Fellowship“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2007-yilda esa „Deutsche Bank Prize“ bilan taqdirlangan. 2024-yilda Woodford iqtisodiyot boʻyicha „Erwin Plein Nemmers Prize“ hamda Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishida „BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Award“ bilan taqdirlanganErwin Plein Nemmers Prize in Economics 2024BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Award 2024. Nazariy ishlari Woodfordning dastlabki tadqiqotlari sunspot muvozanati va nomukammal raqobat masalalariga bagʻishlangan. Shundan soʻng Woodford shartli narxlarga asoslangan makroiqtisodiy modellar ustida ishlay boshlagan. Julio Rotemberg bilan birgalikda esa dastlabki Yangi keynschilik makroiqtisodiy modellaridan birini ishlab chiqqan. Shundan keyin Woodford ushbu yondashuv asosida pul-kredit siyosati bilan bogʻliq koʻplab masalalarni tadqiq qilgan. Ular jumlasiga narxlar darajasining fiskal nazariyasi, isteʼmolchilar naqd puldan kamroq, kreditdan koʻproq foydalanganda pul-kredit siyosatining samaradorligi hamda inflyatsiyaga taʼsir qiluvchi omillar kiradi. Michael Woodford Knut Wicksellning narxlar barqarorligini saqlash uchun foiz stavkasidan foydalanish haqidagi gʻoyasini alohida eʼtirof etgan. Uning taʼkidlashicha, pul-kredit siyosati asosan oltin standartiga tayangan bir davrda bu juda muhim qarash boʻlgan. Woodford oʻz yondashuvini „neo-Wicksellcha“ deb ataydi. Shuningdek, Woodfrod pul-kredit siyosatiga bagʻishlangan darsligini Wicksellning ilmiy ishlariga hurmat sifatida aynan shu jumla bilan nomlagan. Woodfordning soʻnggi tadqiqotlarining katta qismi chegaralangan ratsionallik va ratsional kutilmalardan ogʻishlarning makroiqtisodiy jarayonlar hamda pul-kredit va fiskal siyosatga taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan.
Foiz va narxlar Woodford pul-kredit makroiqtisodiyoti boʻyicha ilgʻor darslik — „Interest and Prices: Foundations of a Theory of Monetary Policy“ asari muallifi sifatida tanilgan. Mazkur kitob „Deutsche Bank Prize“ qoʻmitasi taʼkidlashicha, akademik iqtisodchilar va markaziy banklardagi mutaxassislar orasida pul nazariyasi va tahlili boʻyicha tez sur’atda asosiy manbaga aylangan. Foiz va narxlar nomi Wicksell tomonidan 1898-yilda nemis tilida chop etilgan „Geldzins und Güterpreise“ asari nomining toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasidir. Ushbu asar 1923-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan. Manbalar
Havolalar Michael Woodfordning Columbia universiteti saytidagi bosh sahifasi Michael Woodford 2007-yilgi iqtisodiyot boʻyicha „Deutsche Bank Prize“ mukofoti sovrindori
Turkum:1955-yilda tugʻilganlar