Ikkiyoqlama yozuvli buxgalteriya (inglizcha: double-entry bookkeeping, double-entry accounting) — buxgalteriya hisobini yuritish usuli. Har bir moliyaviy operatsiya teng va qarama-qarshi yozuvlar (debit va kreditlar) bilan qayd etiladi. Va shu orqali hisob-kitoblar balansda saqlanib qoladi. Ikkiyoqlama buxgalteriya tizimi AQShning Umumqabul qilingan Buxgalteriya Tamoyillari va ommaviy kompaniyalar uchun AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi hisobot talablariga mos moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan asosiy tizim hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning 2006-yildagi qonunining 396-boʻlimi ushbu hisobotlarni yuritishni talab qiladi. Haqiqiy va adolatli koʻrinish beruvchi hisoblarni tayyorlash va moliyaviy hisobotlar tuzilishi faqat ikkiyoqlama buxgalteriya modeli asosida yutiladi. Har ikki mamlakatda (AQSh va Buyuk Britaniya) korporativ qonunchilik ikkita asosiy hisobotni talab qiladi: kompaniyaning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi hisobot (balans) va maʼlum davr ichidagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (daromad yoki foyda va zarar hisobot). Ushbu kompleks hisobotlar moliyaviy tenglama (Aktivlar = Majburiyatlar + Kapital) va har bir moliyaviy operatsiya ikki teng va qarama-qarshi taʼsirga ega boʻlishi (debet va kredit) tamoyiliga asoslanadi. Ikkiyoqlama yozuvning maqsadi moliyaviy yozuvlarning aniqligini taʼminlash va xatolar yoki firibgarlikni aniqlash imkonini yaratish.
Ikkiyoqlama yozuvning asosi buxgalteriya tenglamasi hisoblanadi:
Har bir qayd etilgan operatsiya ushbu tenglikni muvozanatda saqlaydi. Masalan, agar kompaniya yangi uskunani sotib olsa aktiv ortadi, u naqd pul sarflasa aktiv kamayadi yoki qarz olsa majburiyat ortadi mumkin. Hisobning buxgalteriya tenglamasidagi oʻrniga qarab uning normal balansi aniqlanadi — masalan, aktivlarga debet yozuvi aktivlarni oshiradi, kredit esa majburiyatlarni oshiradi.
Ikkiyoqlama yozuvdan foydalanish biznes operatsiyalarini kuzatishning standart jarayoni hisoblanadi. Moliyaviy maʼlumot foydalanuvchilariga kompaniya faoliyatining moliyaviy holatini oʻqish, qayta ishlash va tushunishni yaxshilaydi. Operatsiyalar hajmi va murakkabligi oshgani sayin, kompaniyalar individual tranzaksiyalarni avtomatik kuzatish va moliyaviy hisobotlarni yaratish uchun bosh daftarlar hamda buxgalteriya axborot tizimlaridan foydalanadi.
Tarix
Yevropada zamonaviy ikkiyoqlama tizimga mos keladigan eng qadimgi saqlanib qolgan buxgalteriya yozuvlari 13-asr oxirida florensiyalik savdogar Amatino Manucci tomonidan yuritilgan. Manucci Farolfi kompaniyasida ishlagan va 1299–1300-yillarga oid ushbu kompaniya daftarida toʻliq ikkiyoqlama yozuv tizimi mavjudligi koʻrsatilgan. Giovannino Farolfi & Company Fransiyaning Nîmes shahrida joylashgan florensiyalik savdogarlar firmasi boʻlib, Arles arxiyepiskopiga asosiy mijoz sifatida qarz berish bilan shugʻullanganLee (1977), p. 80. Baʼzi manbalar bu usulni 14-asrda Medichi banki uchun Giovanni di Bicci de’ Medici joriy qilgan deb hisoblaydi, biroq bunga aniq dalillar yetarli emas.
Ikkiyoqlama tizim 14-asr davomida Italiya savdo shaharlarida keng tarqala boshladi. Bungacha biznes iqtisodiyotini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan rasmiy va metodik aniqlik darajasiga yetmagan bir nechta daftarli hisob tizimlari mavjud boʻlgan. 16-asr davomida Venetsiyada buxgalteriya ilmiy nazariyasi shakllandi; bu jarayonga Luka Pacholi, Domenico Manzoni, Bartolomeo Fontana, hisobchi Alvise Casanova Vittorio Alfieri, La partita doppia applicata alle scritture delle antiche aziende mercantili veneziane, Torino, Ditta G. B. Paravia e comp., 1891, pp. 103-148, Nabu Public Domain Reprints. va olim Giovanni Antonio Tagliente asarlari katta hissa qoʻshgan.
Benedetto Cotrugli (Benedikt Kotruljević), Dubrovnik respublikasidan boʻlgan savdogar va Neapoldagi elchi, oʻzining "Della mercatura e del mercante perfetto" asarida ikkiyoqlama yozuvni tasvirlagan. Asar 1458-yilda yozilgan boʻlsa-da, 1475-yildan eski qoʻlyozma saqlanib qolmagan va u faqat 1573-yilda chop etilgan. Nashriyot Cotruglining ikkiyoqlama yozuv haqidagi izohlarini qisqartirib va oʻzgartirib yuborgan, bu esa mavzuning tarixini chalkashtirgan. Luka Pacholi, fransiskan rohibi va Leonardo da Vinci bilan hamkor boʻlgan olim, ushbu tizimni birinchi marta 1494-yilda Venetsiyada chop etilgan „Summa de arithmetica, geometria, proportioni et proportionalità“ matematika darsligida tizimli ravishda bayon qilganLuca Pacioli: The Father of Accounting .
Yevropaning ilk zamonaviy davrida ikkiyoqlama yozuv diniy va kosmologik maʼnolarga ham ega boʻlgan, u „ham adolat tarozilari, ham Xudoning dunyosi simmetriyasi“ni eslatgan.
Debet va kredit
Hisobda debet yozuvi qiymatning shu hisobga kiritilishini, kredit yozuvi esa qiymatning hisobdan chiqarilishini bildiradi. Ikki tomonlama buxgalteriya yozuvlarida har ikki tomon teng boʻlishi kerakligi sababli, har bir hisobning balansi teng bolshi kerak. U debet yoki kredit yozuvi hisobni oshirishiga qarab belgilanadi. Hisob turlarining odatiy normal qoldiqlari quyida koʻrsatilgan:
Hisob turi Debet Kredit Aktiv OshadiKamayadi Majburiyat KamayadiOshadi Kapital KamayadiOshadi Daromad KamayadiOshadi Xarajat OshadiKamayadi
Buxgalteriya daftarining tuzilishiga koʻra, tarixan debet yozuvlari daftarlarning chap tomonida, kredit yozuvlari esa oʻng tomonida qayd etiladi. Bu T-hisob yordamida grafik tarzda ifodalanishi mumkin.
Tranzaksiya misoli Hisobning normal qoldigʻiga va tranzaksiya daftarining chap yoki oʻng tomonida qayd etilishiga eʼtibor bering. Quyidagi faoliyatlarni amalga oshirgan xoʻjalik yurituvchi subyektni faraz qilamiz:
Yetkazib beruvchidan $10,000 qiymatida tovarlarni kreditga sotib oldi. Ushbu tovarlarni mijozga $15,000 naqd pul evaziga sotdi. Kreditga olingan tovarlar uchun yetkazib beruvchiga $10,000 toʻladi.
+Bosh kitobTranzaksiyaKapitalAktivlar (Naqd pul)Aktivlar (Zaxiralar)MajburiyatlarDebetKreditDebetKreditDebetKreditDebetKredit1 — Kreditga zaxira sotib olish$10,000$10,0002A — Zaxirani mijozga sotish$15,000$15,0002B — Zaxiraning kamayishini tan olish$10,000$10,0003 — Yetkazib beruvchiga toʻlov$10,000$10,000Jami$5,000$5,000$0$0
Yuqoridagi misolda har bir tranzaksiyada ikkala tomonning summalari teng ekanligiga eʼtibor bering. Shuningdek, hisoblarning qoldigʻi va yozuvlarning chap yoki oʻng tomonda qayd etilishi ham koʻrsatilgan. Ushbu tranzaksiyalar natijasida naqd pul $5,000 ga oshdi va kapital ham $5,000 ga oshdi — bu mantiqan toʻgʻri, chunki korxona $10,000 ga tovar sotib olib, uni $15,000 ga sotgan va natijada $5,000 foyda olgan.
Barcha tranzaksiyalarning umumiy taʼsiri shundan iboratki, korxona egasining kapitali $5,000 ga oshdi, chunki u $10,000 ga zaxira sotib olib, uni yakuniy mijozga $15,000 ga sotdi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar A Concise Explanation of the Accounting Equation Bean Counter’s bookkeeping tutorial GnuCash data entry concepts, GnuCash website
Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Buxgalteriya hisobi