Moliyaviy hisobotda pul oqimlari hisoboti (shuningdek pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot deb ham ataladi) — bu moliyaviy hisobotlar turiga kiruvchi hujjat. Unda balans hisobi bandlaridagi va daromadlardagi oʻzgarishlar naqd pul va pul ekvivalentlariga qanday taʼsir koʻrsatishi aks ettiriladi hamda tahlil operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlarga ajratib koʻrsatiladi. Aslida, pul oqimlari hisobotida korxonaga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan pul oqimlari yoritiladi. Tahliliy vosita sifatida u kompaniyaning qisqa muddatli barqarorligini, ayniqsa, oʻz majburiyatlarini toʻlash qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 7-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (IAS 7) pul oqimlari hisobotiga bagʻishlangan standart hisoblanadi.

Pul oqimlari hisobotiga qiziqadigan shaxslar va guruhlar quyidagilar: Buxgalteriya xodimlari — ular tashkilot ish haqi va boshqa joriy xarajatlarni qoplay olishini bilishi zarur Potensial kreditorlar yoki qarz beruvchilar — ular kompaniyaning qarzni qaytarish qobiliyatini aniq baholashni istaydi Potensial investorlar — ular kompaniyaning moliyaviy barqarorligini baholashlari kerak Potensial xodimlar yoki pudratchilar — ular kompaniya ularga haq toʻlash imkoniga ega yoki yoʻqligini bilishni xohlaydi kompaniya direktorlari — ular kompaniya boshqaruvi uchun javobgar boʻlib, kompaniya to‘lovga qobiliyatsizlik holatida faoliyat yuritmasligini taʼminlashi kerak Kompaniya aksiyadorlari

Maqsadi Pul oqimlari hisobotining oddiy namunasi1-yanvar 2006 dan 31-dekabr 2006 gacha boʻlgan davr uchun Operatsion faoliyatdan pul oqimi$5,000 Investitsion faoliyatdan pul oqimi($1,000) Moliyaviy faoliyatdan pul oqimi($2,000) Sof pul oqimi$2,000 Qavs ichidagi qiymatlar manfiy qiymatlarni bildiradi

Pul oqimlari hisobotida maʼlum bir davr davomida kompaniyaning pul mablagʻlari manbalari va ularning qanday ishlatilgani koʻrsatiladi. Bu kompaniyaning moliyaviy holatini baholashda muhim koʻrsatkich hisoblanadi, chunki kompaniya Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda foyda koʻrsatishi mumkin, biroq shu bilan birga operatsiyalarni yuritish uchun yetarli naqd pulga ega boʻlmasligi mumkin.

Pul oqimlari hisobotida kompaniya daromadlarining sifati (yaʼni daromadlarning qanchasi haqiqiy pul oqimlaridan kelib chiqqani) hamda korxonaning foiz va dividend toʻlash qobiliyati ochib beriladi.

Pul oqimlari hisobotining balans va Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotdan farqi shundaki, unda hisoblash usuli talab qiladigan naqd pulsiz operatsiyalar, masalan, amortizatsiya, kechiktirilgan soliqlar, umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish va hali undirilmagan debitorlik qarzlari asosidagi kredit savdolari hisobga olinmaydi.

Pul oqimlari hisobotining maqsadi quyidagilardan iboratEpstein, pp.90-91.: Korxonaning likvidlilikk]], to‘lovga qobiliyat va moliyaviy moslashuvchanligi (kelajakdagi pul oqimilarni oʻzgartirish qobiliyati) haqida maʼlumot taqdim etish Kelajakdagi pul oqimlarini va qarzga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilishga yordam berish Turli kompaniyalar faoliyatini solishtirishni osonlashtirish. Pul oqimlari hisobotining standart moliyaviy hisobot sifatida qabul qilinishiga sabab ham shunda — u turli hisob usullaridan kelib chiqadigan taqsimotlarni (masalan, asosiy vositalarni turli muddatlarda amortizatsiya qilish) yoʻq qiladiEpstein, p. 91..

Pul oqimlari faoliyat turlari 3-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti har bir asosiy faoliyat toifasi boʻyicha kiritilishi lozim boʻlgan pul oqimlari va tuzatishlarni belgilaydi.

Operatsion faoliyat Operatsion faoliyat kompaniyaning ishlab chiqarish, savdo va mahsulotni yetkazib berish jarayonlarini, shuningdek mijozlardan toʻlovlarni undirishni oʻz ichiga oladi. Bu xomashyo xarid qilish, zaxiralarni shakllantirish, reklama qilish va mahsulotni yetkazib berishni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Operatsion pul oqimlariga quyidagilar kiradiEpstein, p. 93.: Savdo portfelidagi qarz, kredit yoki ulush instrumentlarini sotishdan tushumlar Kreditlar boʻyicha olingan foizlar Tovarlar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga toʻlovlar Xodimlarga yoki ular nomidan amalga oshirilgan toʻlovlar Foiz toʻlovlari Tovarlar xaridi

Operatsion faoliyatdan pul oqimini aniqlash uchun Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotdagi sof foydaga qoʻshiladigan yoki undan ayriladigan moddalar odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Amortizatsiya (moddiy aktivlarning vaqt oʻtishi bilan qiymatini yoʻqotishi) Kechiktirilgan soliq Amortizatsiya (nomoddiy aktivnomoddiy aktivlar]] qiymatining kamayishi) Uzoq muddatli aktivni sotish bilan bogʻliq foyda yoki zararlar (tegishli pul oqimlari operatsion faoliyatga kirmagani sababli; amalga oshmagan foyda yoki zararlar ham daromadlar hisobotidan qayta qoʻshiladi) Umumiy zaxiralardan olingan dividendlar

Investitsion faoliyat Investitsion faoliyatga quyidagilar misol boʻla oladi: Aktivni sotib olish yoki sotish Yetkazib beruvchilarga berilgan kreditlar Qoʻshilish va sotib olish (M&A) bilan bogʻliq toʻlovlar

Moliyaviy faoliyat Moliyaviy faoliyat investorlar va kompaniya oʻrtasidagi pul oqimlari kirim-chiqimlarini oʻz ichiga oladi, masalan: Dividendlar toʻlash Kompaniyaning aksiyalarini sotish yoki qayta sotib olish Sof qarz olish Qarzning asosiy summasini qaytarish, jumladan kapital ijarasi boʻyicha majburiyatlar Kompaniyaning uzoq muddatli majburiyatlari va xususiy kapitaliga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa operatsiyalar

Hisobotni tayyorlash usullari Pul oqimlari hisobotini tayyorlashning toʻgʻridan-toʻgʻri usuli natijasida yanada tushunarli hisobot shakllanadiEpstein, p. 95.. Biroq bilvosita usul deyarli hamma joyda AQSh Moliyaviy hisobot standartlari talablariga koʻra bilvosita usulga oʻxshash qoʻshimcha hisobotni ham taqdim etishi kerak boʻladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri usul Pul oqimlari hisobotini tuzishda toʻgʻridan-toʻgʻri usul asosiy yalpi pul tushumlari va toʻlovlari toifalarini koʻrsatadi. 7-BHXSga muvofiq, olingan dividendlar operatsion faoliyat yoki investitsion faoliyat tarkibida aks ettirilishi mumkin. Agar toʻlangan soliqlar operatsion faoliyat bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ular operatsion faoliyat tarkibida koʻrsatiladi; agar soliqlar investitsion yoki moliyaviy faoliyat bilan bogʻliq boʻlsa, ular mos ravishda investitsion yoki moliyaviy faoliyatda aks ettiriladi.

Umumiy qabul qilingan buxgalteriya tamoyillari Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan farq qiladi: Umumiy qabul qilingan buxgalteriya tamoyillari qoidalariga koʻra, kompaniyaning investitsion faoliyatidan olingan dividendlar „investitsion faoliyat“ emas, balki „operatsion faoliyat“ sifatida koʻrsatiladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri usul boʻyicha pul oqimlari hisobotining namunasiEpstein, p. 101 Operatsion faoliyatdan pul oqimlari   Mijozlardan olingan pul tushumlari9,500   Yetkazib beruvchilar va xodimlarga toʻlangan pul mablagʻlari(2,000)   Operatsiyalardan olingan pul oqimi (yigʻindi)7,500   Toʻlangan foizlar(2,000)   Toʻlangan daromad soliqlari(3,000)   Operatsion faoliyatdan sof pul oqimi2,500Investitsion faoliyatdan pul oqimlari   Asbob-uskunalarni sotishdan tushum7,500   Olingan dividendlar3,000   Investitsion faoliyatdan sof pul oqimi10,500Moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari   Toʻlangan dividendlar(2,500)   Moliyaviy faoliyatda foydalanilgan sof pul oqimi(2,500). Naqd pul va pul ekvivalentlarining sof oʻsishi10,500 Yil boshidagi naqd pul va pul ekvivalentlari1,000 Yil oxiridagi naqd pul va pul ekvivalentlari$11,500

Bilvosita usul Bilvosita usul sof foydani boshlangʻich nuqta sifatida oladi, barcha naqd pulsiz operatsiyalar boʻyicha tuzatishlar kiritadi, soʻngra barcha pulga asoslangan operatsiyalarni hisobga olib tuzatishlar amalga oshiriladi. Aktivlar hisobvaragʻidagi oʻsish sof foydadan ayriladi, majburiyatlar hisobvaragʻidagi oʻsish esa sof foydaga qoʻshiladi. Ushbu usul qoʻshish va ayirishlar ketma-ketligi orqali hisoblash usulidagi sof foydani (yoki zararni) pul oqimiga aylantiradiEpstein, p. 94..

Misol: XYZ kompaniyasining pul oqimiYahoo finance report on CitigroupBodie, p. 455.

XYZ Co. Ltd. pul oqimlari hisobotı(barcha koʻrsatkichlar mln. rupiyda)Davr yakuni31-mart 201031-mart 200931-mart 2008Sof daromad21,53824,58917,046Operatsion faoliyat: pul oqimlari (kirim yoki chiqim)Amortizatsiya va eskirish2,7902,5922,747Sof daromadga tuzatishlar4,6176212,910Debitorlik qarzlarining kamayishi (yoki oshishi)12,50317,236 --Majburiyatlarning oshishi (yoki kamayishi) (kreditorlik qarzlari, toʻlanadigan soliqlar)131,62219,82237,856Zaxiralarning kamayishi (yoki oshishi) -- -- --Boshqa operatsion faoliyatdagi oshish (yoki kamayish)(173,057)(33,061)(62,963)    Operatsion faoliyatdan sof pul oqimi1331,799(2,404)Investitsion faoliyat: pul oqimlari (kirim yoki chiqim)Kapital xarajatlar(4,035)(3,724)(3,011)Investitsiyalar(201,777)(71,710)(75,649)Investitsion faoliyatdan boshqa pul oqimlari1,60617,009(571)    Investitsion faoliyatdan sof pul oqimi(204,206)(58,425)(79,231)Moliyaviy faoliyat: pul oqimlari (kirim yoki chiqim)Toʻlangan dividendlar(9,826)(9,188)(8,375)Aksiyalarni sotish (yoki qayta sotib olish)(5,327)(12,090)133Qarzning oshishi (yoki kamayishi)101,12226,65121,204Moliyaviy faoliyatdan boshqa pul oqimlari120,46127,91070,349    Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimi206,43033,28383,311Valyuta kursi oʻzgarishining taʼsiri645(1,840)731Naqd pul va pul ekvivalentlarining sof oʻsishi (kamayishi)2,8824,8172,407

Yana qarang Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot Buxgalteriya balansi Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot

Manbalar

Turkum:Moliyaviy hisobotlar Turkum:Iqtisodiy atamalar