Oana Gregory (tugʻilgan Oana Andriya Grigoruts, ; 1996-yil 9-yanvar) — rumin-amerikalik aktrisa va model. 2002-yil oktabrdan beri Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi, Gregory Disneyning Kickin' It, Lab Rats va Crash & Bernstein kabi mahsulotlaridagi rollari tufayli xalqaro miqyosda tanildi.
Hayoti Oana Gregori Ruminiyaning shimoli-gʻarbidagi Negrești-Oaș kichik shaharchada Dumitru va Mariana Grigoruts oilasida tugʻilgan. U olti yoshga kirganida, oilasi, ayniqsa, Oana va uning akasi Dorel uchun yaxshiroq hayot qurish maqsadida Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtdi. Oana boshlangʻich maktabni Chikagoda oʻqidi.
Faoliyati 2006-yilda Gregory International Models & Talent Association tashkiloti oʻtkazgan tanlovda ishtirok etdi. Ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlardan kelgan 1000 nafar ishtirokchi orasida Gregory oʻsmirlar toifasida „yil aktrisasi“ unvonini, shuningdek, shu toifada „yil modeli“ nominatsiyasida ikkinchi oʻrin sohibasi deb topildi. Ushbu tanlovdan soʻng Gregory oʻzini vakillik qilishni istagan Gollivuddagi turli agentlik va menejerlardan 54 ta taklif oldi.
2009-yilda Oana mashhur bolalar kitoblari seriyasiga asoslangan Olivia animatsion komediya teleserialida ovoz berdi. U 2011-yilda mustaqil Spork filmida bosh qahramon „Loosie Goosie“ roli orqali ilk badiiy filmidagi rolini ijro etdi. Ushbu musikal komediya-dramasi uchta kinofestival mukofotini, CineKid mukofotini qoʻlga kiritdi va Britaniya Kino Instituti mukofotiga nomzod boʻldi. 2012-yilda Gregory Disney XD seriallari Lab Rats va Kickin' Itda takrorlanuvchi rollarni ijro etdi. Oʻsha yili u Disney XD kanalining 21 mamlakatda namoyish etilgan jonli „aka-uka komediyasi“ Crash & Bernstein (2012–2014)da 16 yoshli mashhur Amanda Bernstein, Wyattning opasi rolini oʻynadi. Amanda roli uchun Gregory kastinglarda ishtirok etgan 2600 dan ortiq nomzod orasidan tanlab olingan.
2016-yilda u komediya veb-seriali WTH: Welcome to Howlerda Lacey sifatida takrorlanuvchi rol ijro etdi. Gregory A Christmas Switch (2018) nomli telefilmda yoshlikdagi Laurel Samson rolini oʻynadi. 2019-yilda Oana King Bachelor’s Pad komediya serialida paydo boʻldi, soʻngra 2020-yilda elektron musiqa guruhi Cheat Codesning „No Service in the Hills“ qoʻshigʻiga ishlangan musiqa videosida suratga tushdi.
Filmografiyasi + Badiiy filmlari Yil Nomi Roli Izohlar 2011 Spork Loosie Goosie 2018 A Christmas Switch Laurel Samson Telefilm
+ Televizion rollari Yil Nomi Roli Izohlar 2009 Olivia Qoʻshimcha ovozlar Ovoz berish; 26 qism2012 Lab Rats Stephanie Takrorlanuvchi rol Kickin' It Mika 2012–2014 Crash & Bernstein Amanda Bernstein Bosh rol 2016, 2018 WTH: Welcome to Howler Lacey Takrorlanuvchi rol; veb-serial 2019 King Bachelor’s Pad Gertrude Takrorlanuvchi rol
+ Musiqa videolari Yil Nomi Ijrochilar Albom 2020 „No Service in the Hills“ Cheat Codes ft. Trippie Redd, Blackbear, Prince$$ Rosie Hellraisers, Pt. 2
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ruminiyalik aktrisalar Turkum:Ruminiyalik modellar