Clive Granger (1934-yil 4-sentyabr, Suonsi — 2009-yil 27-may, La-Xolya) — ingliz iqtisodchisi, ekonometrika boʻyicha mutaxassis, 2003-yilda „umumiy trendlarga ega boʻlgan iqtisodiy vaqt qatorlarini tahlil qilish usullarini ishlab chiqqani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati. Biografiyasi Clive Nottingem universitetida tahsil olgan, u yerda 1955-yilda matematika boʻyicha bakalavr, 1959-yilda esa statistika boʻyicha doktorlik darajasini olgan.
1956-yilda Nottingem universitetida statistika boʻyicha kichik oʻqituvchi etib tayinlandi.1959-1960-yillarda Oskar Morgenshternning taklifiga binoan Prinston universitetida stipendiyalar dasturi boʻyicha tahsil olgan va u bilan birgalikda ekonometrik ilmiy-tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Ushbu hamkorlikdagi ishlarning natijasi sifatida 1970-yilda nashr etilgan „Fond bozoridagi narxlarning bashorat qilinishi“ kitobi yaratildi.Prinstondagi oʻquv yilining oxirida u butun umri davomida birga yashagan Patrisiyaga uylandi. Ular bir oʻgʻil va bir qiz koʻrishdi.
1960-1974-yillarda Nottingem universitetida dars bergan. 1974-yilda San-Diegodagi Kaliforniya universitetiga koʻchib oʻtdi va Buyuk Britaniyani butunlay tark etdi.
San-Diegodagi Kaliforniya universiteti professori sifatida ham faoliyat yuritgan.
Manbalar
Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot