„Mening bir orzum bor“ (ingliz tilida: „I Have a Dream“) — amerika fuqarolik huquqlari faoli va baptist ruhoniy Martin Luther King Jr. tomonidan 1963-yil 28-avgustda Vashingtonga ish oʻrinlari va ozodlik uchun marsh davomida soʻzlangan ommaviy nutq. Nutqda King fuqarolik va iqtisodiy huquqlarni taʼminlashga hamda AQShda qonuniylashtirilgan irqchilikka chek qoʻyishga chaqirdi. Vashingtondagi Lincoln memoriali zinapoyalaridan turib 250 000 dan ortiq fuqarolik huquqlari tarafdorlariga soʻzlangan bu nutq fuqarolik huquqlari harakatining eng mashhur lahzalaridan biri va Amerika tarixidagi eng ramziy nutqlar qatoriga kirdi.

1863-yilda millionlab qullarni ozod deb eʼlon qilgan Emansipatsiya proklamatsiyasiga tayanib, King shunday degan ediEchols, James (2004), I Have a Dream: Martin Luther King Jr. and the Future of Multicultural America.: „yuz yil oʻtib ham negr hamon ozod emas“Alexandra Alvarez, „Martin Luther Kingʻs 'I Have a Dream': The Speech Event as Metaphor“, Journal of Black Studies 18(3); .. Nutqning yakuniga yaqin King tayyorlangan matndan chekinib, „Mening bir orzum bor“ mavzusida improvizatsiya qilingan xotima yasadi. Cherkov ruhiyatiga xos tarzda, Mahalia Jackson uning orqasidagi oʻrindigʻidan turib, u nutqining eng mashhur qismini boshlashidan oldin: „Ularga orzu haqida gapirib ber, Martin!“ deya hayqirib, uni qoʻllab-quvvatladi. Taylor Branchning yozishichaBranch, Taylor, Parting the Waters: America in the King Years 1954–63, pgs. 2761–2763, Simon & Schuster (1998). , King keyinchalik Jeksonning soʻzlari unga yetib borgan-bormaganini bilmagan holda, oʻsha lahzada xayoliga kelgan „ilk notiqlik silsilasi“ga tayanganini aytgan. Jon Meacham shunday yozadi: „King birgina ibora bilan zamonaviy Amerikani shakllantirgan insonlar safida Jefferson va Lincoln qatoriga qoʻshildi“. 1999-yilda notiqlik sanʼati olimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada ushbu nutq XX asrning eng yaxshi amerikancha nutqi deb topildi. Jurnalist Sean OʻGrady „The Independent“ nashrida ushbu nutqni „barcha davrlarning ingliz tilidagi eng buyuk nutqi boʻlishga kuchli daʼvogar“ deb taʼriflagan.

Tarixiy asos Ish oʻrinlari va ozodlik uchun Vashington yurishi qisman prezident John F. Kennedy tomonidan iyun oyida taklif qilingan fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka ommaviy xayrixohlikni namoyish etishni maqsad qilgan edi. Shu sababli, Martin Luther King va boshqa yetakchilar fuqarolik huquqlari harakatining oʻziga xos belgisiga aylangan fuqarolik boʻysunmasligi holatlarini qoʻzgʻatib yubormaslik uchun oʻz nutqlarini vazmin tutishga kelishib oldilar. King oʻz nutqini dastlab Abraham Lincolnning Gettysburgdagi nutqiga ehtirom sifatida, Emansipatsiya proklamatsiyasining yuz yilligiga toʻgʻri keladigan tarzda rejalashtirgan edi.

Nutq sarlavhasi va yozish jarayoni

King 1960-yildan beri orzular haqida vaʼz qilib kelayotgan edi, oʻshanda u Rangli tanali odamlarning taraqqiyoti milliy assotsiatsiyasi (NAACP) uchun „Negr va Amerika orzusi“ deb nomlangan nutq soʻzlagan edi. Ushbu nutqda Amerika orzusi va voqelik oʻrtasidagi tafovut muhokama qilinadi, unda ochiq-oydin oq tanlilar ustunligi tarafdorlari orzuni poymol qilgani hamda „federal hukumatimiz ham oʻzining befarqligi va munofiqligi, adolat yoʻlidagi xiyonati orqali orzuga dogʻ tushirgani“ aytiladi. King shunday fikr bildiradi: „Ehtimol, negrlar Amerikaning qalbini qutqarish uchun Xudoning vositasidir“Martin Luther King Jr., "The Negro and the American Dream, speech delivered to the NAACP in Charlotte, NC, September 25, 1960.. 1961-yilda u bir qancha milliy nutqlari va bayonotlarida fuqarolik huquqlari harakati va talaba faollarning tenglik haqidagi „orzusi“ — „Amerika orzusi… hali amalga oshmagan orzu“ — haqida gapirdi va „orzu“ni ushbu nutqlarning asosiy mavzusi sifatida keltirdi.

1962-yil 27-noyabrda King Karolina shtatining Rocky Mount shahridagi Booker T. Washington nomli oʻrta maktabda nutq soʻzladi. Ushbu nutq uning keyinchalik Lincoln memorialidan soʻzlagan variantidan koʻra uzunroq edi. Matnning ayrim qismlari oʻzgartirilgan boʻlsa-da, katta qismi, jumladan, „Mening bir orzum bor“ naqorati bir xil edi. 2015-yilda qayta topilganidan soʻng, 1962-yilgi nutqning tiklangan va raqamlashtirilgan yozuvi Shimoliy Karolina shtat universiteti ingliz tili kafedrasi tomonidan ommaga taqdim etildi.

King, shuningdek, 1963-yil iyun oyida Detroitda, 1963-yil 23-iyundagi 125 000 kishilik „Buyuk ozodlik yurishi“dan soʻng darhol Detroitdagi Cobo Hall binosida 25 000 kishi oldida „Mening bir orzum bor“ naqarati bilan nutq soʻzlagan edi. Reuther Kingga Detroitdagi Birlashgan avtomobilsozlik ishchilari kasaba uyushmasi qarorgohi boʻlmish Solidarity Housedan ish xonasi bergan edi, u yerda King Vashingtondagi marshi arafasida oʻzining „Mening bir orzum bor“ nutqi ustida ishlagan. Vashingtondagi nutqdan bir oz avval „How I Got Over“ qoʻshigʻini kuylagan Mahalia Jackson Kingning Detroitdagi nutqidan xabardor edi. Vashingtondagi yurishdan soʻng, Kingning Cobo Halldagi nutqi yozuvi Detroitdagi Gordy Records tomonidan „The Great March To Freedom“ nomli LP plastinka sifatida chiqarildi.

Manbalar

Havolalar Full text at the BBC Deposition concerning recording of the „I Have a Dream“ speech Lyrics of the traditional spiritual „Free at Last“ MLK: Before He Won the Nobel ; I Have A Dream

Turkum:Siyosiy iqtiboslar