Tereza Valentová (2007-yil 20-fevralda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. Sport faoliyatigi WTA reytingida eng yuqori natijalari: jahon reytingida yakkalik yoʻnalishida — 44-oʻrin, juftlik yoʻnalishida — 241-oʻrin.

Valentová ITFning oʻsmirlar reytingida 2024-yil 10-iyunda oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etgan holda 4-oʻringa koʻtarilgan. 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik va juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Kelib chiqishi va yoshligi Valentová 2007-yil 20-fevralda tugʻilgan. Otasining ismi — Marsel Valenta, onasi Jitka Janáčková boʻlgan. Uning onasi sobiq sprint-kanoechi boʻlib, mos ravishda 1992 va 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Chexoslovakiya va Chexiya sharafini himoya qilgan. Valentová 3 yoshida otasining tennis oʻynashini tomosha qilgach, oʻzi ham oʻynashni boshlagan. Sportchi hozirda TK Sparta Pragada mashgʻulot oʻtaydi.

Oʻsmirlar Valentová 2023-yilgi AQSh ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida finalga chiqdi, biroq finalda Katherine Huiga oʻyinni boy berdi. Sportchi 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslari gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Ushbu musobaqaning final uchrashuvida u vatandoshi Laura Samsonni magʻlub etgan. Shuningdek, tennischi 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik unvonini ham qoʻlga kiritgan, musobaqada u Renáta Jamrichová bilan juftlik yasagan.

Professional 2021–2023: WTA turidagi debyut, ilk ITF juftlik unvoni 2021-yil iyulda Valentová Praga ochiq chempionati saralash bahslariga yoʻllanma oldi, biroq musobaqada Naiktha Bainsga oʻyinni boy berdi. Oʻsha yili sportchi Jablonec nad Nisouda oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $25 ming boʻlgan ITF asosiy toʻr bahslarida oʻzining debyut ishtirokini amalga oshirdi. Biroq birinchi raundda Johana Markovága magʻlub boʻldi. 2022-yil oktyabrda u Ostrava ochiq chempionati saralash bahsiga yoʻllanma oldi, biroq birinchi raundda Anna Karolína Schmiedlovaga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi.

2023-yil may oyida Valentová Advantage Cars Praga Open musobaqasining birinchi raundida kattalar darajasidagi ilk gʻalabasini qayd etdi. Keyingi oyda u Agel Říčany Open musobaqasida Laura Pigossini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan va musobaqaning yarim finaliga chiqqan. ITS kubogida tennischi yakkalik bahslari chorak finaliga chiqdi. Shuningdek, shu musobaqaning juftlik yoʻnalishida Magdaléna Smékalová bilan birga ITF doirasida ilk juftlik unvonini qoʻlga kiritdi. Valentová Praga ochiq chempionati asosiy toʻr oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, WTA juftlik bahslarida ilk bor ishtirok etdi. Musobaqada tennischi Nikola Bartůňková bilan birga yarim finalga chiqdi. Shuningdek, u yakkalik bahslari saralash oʻyinlariga ham yoʻllanma oldi, biroq birinchi raundda Dayana Yastremskaga oʻyinni boy berdi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:Pragalik tennischilar