Shoshana Gershonovits (; 1906–1986) Isroil Mudofaa Kuchlari zobiti boʻlib, 1952-yildan 1959-yilgacha Ayollar korpusi qoʻmondoni boʻlib xizmat qilganReuven Ben Zvi, Maariv, Retired colonel Shoshana Gershonowitz passed away, 18 August 1986.
Hayoti va faoliyati Shoshana Gershonovits Rossiyada tugʻilgan, u yoshlik chogʻida Rossiyadan koʻchib kelib, Quddusga joylashgan. U Haganah safida faol boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi davrida u Yordamchi hududiy xizmatga qoʻshilgan dastlabki 66 ayoldan biri, ofitser darajasiga koʻtarilgan toʻrtta ayoldan biri boʻlgan Esther Herlitz, Shoshana Gershonowitz, Hyman Encyclopedia of Jewish Woman. va kapitan unvoni bilan nafaqaga chiqqan.
1947-yilda Shoshana Gershonovits Quddusda Haganahning ayollar bo‘linmasini tashkil etadi. U IDF Ayollar korpusining ilk qoʻmondoni boʻlgan Mina Ben-Zvining oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan. 1952-yilda u Naxalning ayollar qoʻmondoni boʻlib xizmat qilganDavar, 10 May 1959. 1952-yildan 1959-yilgacha Shoshana Gershonovits polkovnik unvoniga koʻtarilib, Ayollar korpusi bosh qoʻmondoni sifatida, IDF shaxsiy tarkibi bosh boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi holda, barcha IDF ayollariga mas’ul boʻlib xizmat qilgan. Armiyadan ketgach, u Vashington, Kolumbiya okrugidagi ayollar tashkilotlari bilan aloqa boʻyicha attashe sifatida ishlaganHaaretz, 16 October 1961.
Shoshana Gershonovits 1958-yil 18-maydagi What's My Line? nomli viktorina koʻrsatuvi sonida Shoshana Gershom nomi bilan ishtirok etgan va hay’at uning kasbini topa olmagani sababli, ularning “boshini qotirgan”.
Shoshana Gershonovits 1986-yilda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik ayol huquqlari faoli Turkum:Isroil Mudofaa kuchlari zobitlari