Abbos ibn Shis — Gʻuriylar sulolasi hukmdori. 1035-yilda amakisi Abu Ali ibn Muhammadni hokimiyatdan agʻdarib, Gʻuriylar taxtini egallagan. Hukmronligining keyingi davrida Gʻur zodagonlari Gʻaznaviy sulton Ibrohimdan yordam soʻragan. Ibrohim Gʻurga yurish qilib, Abbos ibn Shisni taxtdan agʻdarganHistory of Civilizations of Central Asia, C. E. Bosworth, M. S. Asimov, p. 185.. Abbos ibn Shisdan keyin oʻgʻli Muhammad ibn Abbos taxtga chiqqan va Gʻaznaviylarga xiroj toʻlashga rozi boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:11-asr eroniylari Turkum:Gʻuriylar sulolasi Turkum:1060-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar