Fatana Najib (1953-yil 9-avgust, Bagʻlan, Afgʻoniston) — afgʻon tilshunosi va Afgʻonistonning sobiq birinchi xonimi.

Tarjimayi holi Fatana Najib 1953-yil 9-avgustda Bagʻlanda tugʻilgan. Omonullaxonning avlodidan. Fatana 1996-yilda Tolibon tomonidan oʻldirilgan Afgʻoniston xalq demokratik partiyasi bosh kotibi va Afgʻoniston prezidenti Muhammad Najibullohning rafiqasi boʻlib, 1987-yil 30-sentyabrdan 1992-yil 16-aprelgacha mamlakatning birinchi xonim boʻlgan.

Najib sakkizinchi sinf oʻquvchisi boʻlganida ilk marta boʻlajak Afgʻoniston prezidenti Muhammad Najibulloh bilan uchrashgan va Najibulloh Fatananing fan oʻqituvchisi boʻlgan. Ular 1974-yil 1-sentyabrda turmush qurishgan, ularning Heela (1977-yilda tugʻilgan), Moska (1984-yilda tugʻilgan) va Onai (1978-yilda tugʻilgan) ismli qizlari bor. Birinchi xonim sifatidagi faoliyati davomida Fatana Afgʻoniston Qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilarining oilalariga yordam koʻrsatib, yarador askarlarning oilalariga tashrif buyurgan. Shuningdek, Najib Kobuldagi Tinchlik maktabi direktori ham boʻlgan. 1992-yilda Fatana va uch qizi Afgʻonistondan Hindistonning Dehli shahriga qochib ketib, oʻsha yerda surgunda yashashgan. Oʻshandan boshlab Hindistonda istiqomat qiladi, qizlari Heela va Moska esa chet elda oʻqib, oʻsha yerlarda ishlashgan. Heela Tailandda ishlab, yashagan va hozirda Shveysariyada yashaydi, Shveysariyada Franklin kollejini tamomlagan, bugungi kunda Syurix universitetida dinshunoslik boʻyicha aspiranturada oʻqimoqda. Moska esa Shveysariyada tahsil olgan, hozirda Singapurda yashaydi va ishlaydi.

Manbalar

Turkum:Ayol tilshunoslar Turkum:Afgʻoniston birinchi xonimlari