Abdulaziz al-Fishtaliy () (15491621), toʻliq ismi Abu Faris 'Abdulaziz ibn Muhammad ibn Ibrohim as-Sanhajiy al-Fishtaliy boʻlgan Magʻrib yozuvchisi, devonxonalar rahbari (vazīr al-ḳalam al-aʿlā), rasmiy tarixnavis hamda Saʼdiy sultoni Ahmad al-Mansurning rasmiy shoiri ediJ. D. Fage, Roland Anthony Oliver The Cambridge History of Africa, ed. Cambridge University Press, 1986, , p. 629.
Hayoti Abdulaziz Fishtala qabilasiga mansub boʻlib, u Fos shahrining shimolida joylashgan berberlarning Sanhaja qabilasidan edi. U Abu al-Abbos al-Manjur, al-Humaydiy va az-Zammuriy kabi ustozlardan tahsil olgan. U Marokashdagi El Badii saroyining peshtoqlari va pavilonlari ichki qismiga marmar yoki yogʻochga oʻyib yozilgan koʻplab sheʼriy parchalarni yaratgan. Doʻsti va biografi, tarixchi al-Maqqariy uni oʻz davrining eng buyuk shoiri deb tan olgan va Marokash sultoni Ahmad al-Mansur shunday deganini keltiradi: „al-Fishtaliy bizni yer yuzidagi barcha boshqa shahzodalardan ham ulugʻroq qildi. Uni Lison ad-Din Ibn al-Xatib bilan qiyoslashimiz mumkin“.
Asarlar al-Fishtaliy 1016 ta misradan iborat 69 ta sheʼr yozganRoger Allen ed., Arabic literature in the post-classical period, Cambridge University Press, 2006, p.62
Ayrim asarlari:
Manahil al-safa fi maʼathir mavalina al-shurafa () — al-Fishtaliyning al-Mansur davlati bosh kotibi sifatida yozilgan va bizgacha yetib kelgan yagona asari. Ahmad al-Mansurning sulolasi haqida maʼlumot beruvchi asosiy manba hisoblanadi. Tartīb Dīvān al-Mutanabbī Madad al-Jaysh — Ibn al-Xatibning Jaysh al-tavshīḥ asariga qoʻshimcha (postskriptum)
Manbalar
Turkum:1549-yilda tugʻilganlar Turkum:1621-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr berberlari Turkum:17-asr berberlari Turkum:Marokashlik 16-asr shoirlar Turkum:16-asr arab tili shoirlari Turkum:Marokashlik 17-asr shoirlar Turkum:Marokashlik 16-asr tarixchilari Turkum:Marokashlik 17-asr tarixchilari Turkum:Berber tarixchilar Turkum:Berber shoirlar Turkum:Marokashlik kishilar Turkum:Sa’diylar sulolasi Turkum:Sanhaja