Salma Lagari, asosan, Amar Sindhu nomi bilan tanilgan (, ) (1968-yil 28-avgustda tugʻilgan) — pokistonlik muallif, shoir, faol va akademik.

Yoshligi va taʼlimi Sindhuning asl ismi Salma Lagari boʻlib, 1968-yil 28-avgustda Pokistonning Sind viloyati Mirpur Xas okrugidagi Dodo Lagari qishlogʻida Husayn Buxsh Lagari oilasida dunyoga kelgan. Lagari bir marta bakalavr hamda ikki marta magistrlik darajasini olgan.

Faoliyati Sindhu Sind universitetida falsafa boʻyicha dotsent sifatida faoliyat olib boradi. U, shuningdek, sindh tilida sheʼrlar ham yozadi.

Faolligi Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati faoli sifatida Sindhu ozchiliklar huquqlari, ayollar, zoʻravonlik kabi bir qator masalalarda faol ishtirok etib kelgan. U, shuningdek, faktlarni aniqlash guruhlari tarkibida ham boʻlgan. Sotsialistik feminist va ayollar huquqlari faoli sifatida Salma Lagari Ayollar harakat forumining faoli, asoschisi va yetakchi aʼzosi hisoblanadi.

2012-yilda Lagari Karachi shahriga ketayotganda unga oʻq uzilgan va natijada yengil jarohat olgan.

2020-yil 8-mart kuni Ayollar kuni munosabati bilan Sukkur shahrida oʻtkazilgan „Aurat Azadi March“ (Ayollar ozodligi marshi)ga aynan Sindhu boshchilik qilgan. Sindhu inson huquqlari faoli Arfana Mallah bilan birga 2008-yilda Haydarobod shahrida Ayollar harakat forumining boʻlimini yoʻlga qoʻygan. Sindhuga bu ishlarni amalga oshirishida Karachi shahridagi Sabeen Mahmudning T2F tashabbusi ilhom bergan. U Haseen Shah va Arfana Malah bilan birga Sindh muzeyida Xanabadosh yozuvchilar kafesini tashkil etib, Haydarobod va Sindning boshqa hududlaridan ziyoli shaxslar hamda ijodkorlar intellektual munozaralar olib borishi mumkin boʻlgan makon yaratgan. 2015-yilda u sind shoiri Shayx Ayaz (1923–1997) hayoti va ijodini nishonlash maqsadida „Ayaz festivali“ni tashkil etgan. Festivalda tazim bajo keltirganlar orasida tajribali siyosatchi Rasool Bux Palijo hamda yozuvchi Noorul Huda Shah ham boʻlgan. 2015-yilda Lagari kafeda shoir va jurnalist Hasan Mujtaba xotirasiga bagʻishlangan tadbir ham oʻtkazgan.

Maqolalar va nashrlar Amar Sindhu yozuvchi va siyosiy tahlilchi hamdir. U ingliz, urdu va sindh tillarida koʻplab maqolalar yozgan. Shuningdek, uning ishlari nemis tiliga ham tarjima qilingan.

Salma Lagari ijtimoiy, siyosiy va madaniy masalalarga bagʻishlangan „Adrish“ nomli jurnalni ham nashr ettirgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Pokistonlik ayol faollar Turkum:Pokistonlik feministlar Turkum:Pokistonlik ayollar huquqlari faollari