Sir Lewis Carl Davidson Hamilton (1985-yil 7-yanvarda tug‘ilgan) — britaniyalik avtopoygachi bo‘lib, u Formula 1 musobaqalarida Ferrari jamoasi safida qatnashadi. Hamilton Formula 1 jahon chempionatida rekord darajada yetti marta g‘olib chiqqan bo‘lib, u bu natijasi bilan Michael Schumacherga tenglashgan. Shuningdek, u Formula 1 da eng ko‘p Grand pri g‘alabalari, eng ko‘p pole-pozitsiyalar va eng ko‘p podium natijalarini qo'lga kiritish bo'yicha rekordlarga ega.
Stevenage shahrida tug‘ilib o‘sgan Hamilton o‘z faoliyatini olti yoshida kartingdan boshlagan. U qisqa vaqt ichida bir nechta milliy chempionliklar g'olibligini qo‘lga kiritib, Ron Dennisning e’tiborini tortdi. Dennis 1998-yilda Hamiltonni McLaren–Mercedes Yosh haydovchilar dasturiga qabul qildi. 2000-yilda Karting bo'yicha jahon va Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng, Hamilton yoshlar formulasi seriyalariga o‘tdi. Bu davrda u Formula 3 Yevropa seriyasi va GP2 seriyasi musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng u 2007-yilda McLaren jamoasi bilan shartnoma imzoladi va Avstraliya Grand prisida qora tanli haydovchilar orasida Formula 1 da qatnashgan birinchi sportchi bo‘ldi. Debyut mavsumida Hamilton to‘rtta Grand prida g‘alaba qozondi hamda bir nechta rekordlarni o‘rnatib, mavsum yakunida Kimi Räikkönendan atigi bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi va jamoadoshi Fernando Alonso bilan teng ochko to‘pladi.
Hamilton o‘zining ilk jahon chempionligini 2008-yilda qo‘lga kiritdi. U mavsumning so‘nggi bosqichi bo‘lgan 2008-yilgi Braziliya Grand prisining oxirgi aylanasida hal qiluvchi quvib o‘tishni amalga oshirib, o‘sha paytdagi eng yosh jahon chempioniga aylandi. Jumladan, u 2010-yilda to‘rt nafar haydovchi ishtirok etgan chempionlik kurashida ham qatnashdi. Ilk hayoti va ta’limi
Lewis Carl Davidson Hamilton 1985-yil 7-yanvarda Stevenage, Hertfordshire shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Anthony Hamilton kelib chiqishi afro-grenadiyalik, onasi Carmen Larbalestier esa oq tanli britaniyalik bo‘lib, Birmingham shahrida tug'ilgan. Shu sababli Hamilton turli irqlardan kelib chiqishga ega hisoblanadi.
Hamilton ikki yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashgan. Shundan so‘ng u 12 yoshigacha onasi hamda opalari — Samantha va Nicola bilan birga yashagan. Keyinchalik u otasi, o‘gay onasi Linda va uning o‘gay ukasi Nicolas bilan yashay boshlaydi. Uning o'gay ukasi Nicolas ham professional avtopoygachi hisoblanadi.
Hamilton katolik e’tiqodida tarbiyalangan. Manbalar
Turkum:Avtopoygachilar Turkum:Formula 1