Muzbel — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Muzbel mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Qishloq nomi ikki qismdan iborat: muz va bel. Muz suvning qattiq, kristall holatini bildiradi. Togʻ hududlaridagi muzliklar ham mahalliy aholida muz deb ataladi. Ayrim hollarda bu soʻz sovuq suv maʼnosida ham qoʻllanadi.
Bel esa geografik termin boʻlib, asosan oronimlar tarkibida uchraydi. U ko‘pgina turkiy tillarda “past togʻ”, “togʻ tizmasining pasaygan joyi” yoki “davon” maʼnolarini anglatadi. Aslida bel (turkiy), davon (moʻgʻulcha), agʻba (arabcha) va koʻtal (fors-tojikcha) atamalari maʼnodosh bo‘lib, “togʻdan oshib oʻtadigan qulay yoʻl” maʼnosini bildiradiNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..
Qishloq uchta baland boʻlmagan, ammo nisbatan sovuq davon yonida joylashganligi sababli Muzbel deb atalgan. Shu tariqa oronim asosida oykonim shakllangan.
Manbalar