Tuo Kayu Jao masjidi () – Indoneziyadagi qadimiy masjid boʻlib, u Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra hududigi Gunung Talang tumani Jorong Kayu Jao, Batang Barus nagarisida joylashgan. Masjid haqida ilk marotaba 1599-yilda qayd etilgan boʻlib, bu uni Solok regensiyasidagi eng qadimiy masjid, shuningdek, Indoneziyadagi saqlanib qolgan eng qadimiy masjidlardan biriga aylantiradi.

Masjid Gʻarbiy Sumatradagi meros obyektlari roʻyxatida qayd etilgan boʻlib, bu roʻyxatni Qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat qiladi. Masjid bir necha bor restavratsiya qilingan, jumladan ustunlardan birini taʼmirlash va yemirilgani sababli eski palma tomini yangisiga almashtirish ishlari bajarilgan. Shunga qaramay, masjidning asl qiyofasi yaxshi saqlangan.

Tarixi

Masjid aynan qaysi yilda toʻliq qurib bitkazilgani aniq maʼlum emas. Bir qator qaydlarga koʻra, masjid 1599-yilda qurilgan. boshqa manbalarda esa undan ham oldingi sanalar keltiriladi. Bu tafovutlardan qatʼi nazar, masjid qurilishi XVI asrda Solok mintaqasida islomning keng tarqalishi ortidan amalga oshirilgani maʼlum. Masjid joylashgan nagari avvalroq minangkabau jamoasining uchta rahbariyati tomonidan tashkil etilgan. Mahalliy jamoa oqsoqollari soʻzlariga koʻra, ushbu masjid qurilishida Angku Musaur va Angku Labai ismli ikki kishi muhim rol oʻynagan; ularning ikkalasi ham masjiddan uncha uzoq boʻlmagan joyda dafn etilgan.

Yana qarang

Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Indoneziyadagi masjidlar