Abu Turob Isfahoniy, taxallusi: Toraba, (1581–1662) – Nastaliq xati yoʻnalishidagi taniqli fors xattoti va Mir Imodning eng asosiy xattotlik shogirdlaridan biri.

Hayoti Abu Turob Isfahoniy Isfahonda badavlat va nufuzli oilada tugʻilgan. Uning tugʻilgan sanasi tarixiy hujjatlarda qayd etilmagan, ammo Mirzo Sanglax asarlaridan birida uning vafot paytidagi yoshi 83 deb keltirilgani uchun, u 1581-yilda tugʻilgan boʻlishi kerak.

Uning birinchi xattotlik boʻyicha ustozi Mulla Ali Fayziy (vafoti: 1626) boʻlgan. Keyin Isfahoniy taʼlimini Mir Imod huzurida davom ettirgan. Isfahoniy Mir Imodning eng muvaffaqiyatli shogirdlaridan biriga aylangan. Mir Imod 1615-yilda oʻldirilganida, Mir Imodning jasadini dafn etishga jurʼat qilgan yagona kishi aynan u boʻlgan.

Mir Imod vafotidan soʻng u eng mashhur fors xattotiga aylangan va koʻplab xattotlarga taʼlim bera olgan. Uning eng mashhur shogirdlari Muhammad Muhsin Imomiy, shuningdek, oʻz oʻgʻillari Nuriddin Muhammad Isfahoniy va Muhammad Solih Isfahoniy boʻlgan.

Abu Turob Isfahoniy 1662-yilda Isfahonda 83 yoshida vafot etgan va Lonban masjidida dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:1581-yilda tugʻilganlar Turkum:1662-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr xattotlari Turkum:17-asr xattotlari