Shoh Sulton (; Shohihuban, Shohi va Devlat Shoh nomlari bilan ham tanilgan; –1572) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Salim I ning qizi, sulton Sulaymon I ning singlisi.
Hayoti Shoh Sulton taxminan 1523-yilda Lütfi poshoga turmushga chiqqan. Lütfi posho tarixchi va muallif boʻlib, saroyga devshirma (imperiyadagi ayrim nasroniy bolalarning majburan Usmoniylar xizmatiga olinib, islomni qabul qildirilishi va yanicharlar sifatida tayyorlanishi) orqali kirgan. 1512-yildan keyin u Onadoʻli va Bolqon viloyatlarida hokim boʻlib xizmat qilgan. 1529-yilda Vena qamalining dastlabki bosqichida faol qatnashgan. Uning faoliyati lavozimlar oshishi bilan davom etgan. 1533-yildan boshlab Karaman, Onadoʻli va Rumeliya beylarbeyliklarini boshqargan. 1536–1537-yillarga kelib Lütfi posho vazir boʻlgan va nihoyat 1539-yilda nufuzli bosh vazir lavozimini egallab, faoliyatining choʻqqisiga chiqqan. Ularning bir qizi va uch oʻgʻli boʻlgan.
1541-yilda Shoh Sulton Lütfi poshodan ajrashgan. Bunga Lütfi poshoning fohisha ayolga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgani, jazo tariqasida uning jinsiy aʼzolariga shikast yetkazgani sabab boʻlgan. Tarixchi Mustafo Alining bayoniga koʻra, Shoh Sulton unga eʼtiroz bildirganida, Lütfi fohishalarga nisbatan shunday jazo choralarini qoʻllashni davom ettirishini aytgan, Shoh Sulton bunga noroziligini bildirgach, unga qoʻl koʻtargan. Shoh Sultonning iltimosiga binoan Sulaymon unga soʻragan ajrimni bergan va Lütfi poshoni bosh vazir lavozimidan boʻshatib, uning rasmiy faoliyatini amalda yakunlagan. Qayta turmush qurmaslikni tanlagan Shoh Sultonning nikohi bekor qilingach, malikalarning odatiy yashash tartibiga amal qilib, saroyga qaytishni maʼqul koʻrgan.
Ayrim manbalarga koʻra, u keyinchalik Markaz afandiga turmushga chiqqanEsin, Emel (1977). Merkez Efendi ile Şah Sultan Hakkında Bir Haşiye, Volume 19. Istanbul University. p. 73..
1555-yilda Shoh Sulton Eyüpda tekke (zaviya) tashkil etgan. 1556-yilda esa Eyüpda oʻz nomi bilan ataluvchi masjid qurdirgan. 1564-yilda Fotihda maktab ham barpo ettirgan.
Vafoti Shoh Sulton 1572-yilda vafot etgan va Eyüpdagi oʻzi qurdirgan masjid ichidagi oʻziga tegishli maqbaraga dafn qilingan. Uning yonida qizi Esmaxon hamda nabiralari Neslixon va Vasfixon dafn etilgan.
Farzandlari Lütfi posho bilan nikohidan Shoh Sultonning bir qizi va uch oʻgʻli boʻlgan:
Esmaxon Xonimsulton (1524–1556) Husayn poshoga turmushga chiqqan va ikki qizi boʻlgan: Neslixon xonim (1546-yilda tugʻilgan) turmushga chiqqan, farzandli. Vasfixon xonim (1549 – 1570) Küçük Umar oʻgʻaga turmushga chiqqan va Ahmadbey ismli oʻgʻli boʻlgan. Sultonzoda Ahmadbey. Sultonzoda Abdibey. Sultonzoda Mahmudbey.
Ommaviy madaniyatda 2003-yilgi „Hurram Sulton“ miniteleserialida Shoh Sulton rolini turk aktrisasi Yeliz Doğramacılar ijro etgan. 2011-yilgi „Muhtasham yuz yil“ teleserialida Shoh Sulton rolini turk aktrisasi Deniz Çakır ijro etgan. Serialda u Hafsa Sultonning qizi, sulton Sulaymonning tugʻishgan singlisi sifatida tasvirlangan.
Izohlar
Manbalar
Turkum:1572-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Salim I ning qizlari