Xon Asad Posho () — Damashq Qadimgi shahar qismidagi eng yirik karvonsaroy ().Baedeker, 1906, p.307. Umumiy maydoni 2500 m2 ni tashkil etadi. Al-Buzuriya bozori boʻylab joylashgan ushbu bino 1751–1752-yillarda Damashq voliysi Asad Posho al-Azm tomonidan qurilgan va uning nomi bilan atalgan.As’ad Pasha Khan Archnet Digital Library. Xon Asad Posho Damashqdagi eng goʻzal karvonsaroylardan biriHillenbrand, 2004, p.355. va shahardagi eng „shijoatli“ meʼmoriy namuna sifatida taʼriflangan.Carter, 2004, p.90.
Foydalanilishi chapga|thumb|Ravoqli ablaq gumbazi Usmonli hukmronligi davrida bu yerda Bagʻdod, Mosul, Halab, Bayrut va Yaqin Sharqning boshqa hududlaridan kelgan karvonlar toʻxtab oʻtgan.Thomson, 1886, p.374. Bino xonalari oʻsha davrning taniqli savdogarlariga ijaraga berilgan.
Meʼmorchiligi Karvonsaroy loyihasi sakkizta kichik gumbaz va Fors meʼmorchiligini eslatuvchi bitta katta markaziy ochiq qismni oʻz ichiga oladi, sakkizta gumbaz esa shia anʼanalarini aks ettiradi. Yopiq hovlining baland shifti issiq yoz va sovuq qish mavsumida iqlim noqulayliklaridan himoyalanishga yordam bergan.
Karvonsaroyning qayta taʼmirlanishi nufuzli Ogʻaxon meʼmorchilik mukofotiga loyiq koʻrilgan.As’ad Pasha Khan Restoration Archnet Digital Library.
Galereya
Shuningdek qarang Al-Azm saroyi Xon Jaqmaq Xon Sulaymon Posho Xon Tuman
Manbalar
Bibliografiya
Havolalar
Suriya Turizm vazirligi tomonidan tayyorlangan virtual tur orqali binoning ichki qismini koʻring
Turkum:Damashqdagi karvonsaroylar Turkum:Usmonli karvonsaroylari Turkum:1752-yilda qurib bitkazilgan mehmonxona binolari Turkum:Damashqdagi Usmonli meʼmorchiligi Turkum:Suriyadagi muzeylar Turkum:Damashqning devor bilan oʻralgan shahri ichidagi binolar va inshootlar Turkum:1750-yillarda Usmonli imperiyasida tashkil etilganlar Turkum:18-asrda Usmonli Suriyasida tashkil etilganlar Turkum:1752-yilda Osiyoda tashkil etilganlar