Shabana – 19-asr oʻrtalarida Hijozga koʻchib kelib, oʻrnashib qolgan arab boʻlmagan muhojirlar tomonidan oʻtkaziladigan anʼanaviy bayram. Asosan Makka shahrida nishonlanadi. Uning tarixi 70 yil avvalga borib taqaladi. Bayram muhojir oilalar tomonidan islomning muqaddas oyi Ramazondan oldin keladigan Shaʼbon oyining oxirida oʻtkaziladi. Bu tadbirda ayollar maxsus liboslar kiyib, maxsus turdagi taomlar tortiladigan bazm uyushtiradilar. Erkaklar esa ot minish, baliq ovlash yoki suzish kabi mashgʻulotlar amalga oshiriladigan sayl uyushtiradilar va bu bayram bir kundan ortiq davom etishi ham mumkin. Bu esa shariatda ruxsat etilmaydigan bid’at hisoblanadi.

Umumiy maʼlumot Shabana – muhojirlarning anʼanaviy bayrami boʻlib, ular eʼtiqodiga koʻra Islomda Ramazon oyining ahamiyatini va qadriyatlarini ulugʻlash maqsadida nishonlashni anglatadi. U muqaddas Ramazon oyidan avval hordiq chiqarish va koʻngilxushlik qilish vaqti sifatida qaraladi. Doʻstlar va oilalar jam boʻlib, ommaviy oʻyinlar oʻynaydi, ovqatlanadi va turli hordiq chiqarish tadbirlarini amalga oshiradi. Bayram, shuningdek, oila aʼzolari oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlash va kelishmovchiliklarni bartaraf etishni ham koʻzlaydi.

Shabana odatda islomiy taqvimning sakkizinchi oyi boʻlgan Shaʼbon oyining oʻrtalarida oʻtkaziladi. Oilalar yigʻiladi, maxsus anʼanaviy taomlar tortiladi va ayrim anʼanaviy qoʻshiqlar ijro etiladi yoki aytiladi. Muhojir ayollar va erkaklar oʻzlari kelgan mamlakatlariga xos boʻlgan anʼanaviy kiyimlarini kiyib, anʼanaviy raqslarini ijro etadilar.

Taomlar Ushbu tadbirda bir qator anʼanaviy taomlar tortiladi, jumladan sambusa, manti, farmuza, balila. Bundan tashqari, laddu, labaniya, debyaza, gʻurayba va boshqa shirinliklar ham tortiladi. Bularning barchasi Sharqiy Osiyo mamlakatlarining anʼanaviy taomlari hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistoni madaniyati Turkum:Hijoz jamiyati