Azercell — Boku shahrida joylashgan Ozarbayjon telekommunikatsiya kompaniyasi. U Ozarbayjondagi eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi. Kompaniya hukmron Aliyevlar oilasiga ofshor kompaniyalar orqali tegishli ekani aytiladi. 2008-yilda davlat ulushlari Aliyevlar oilasiga tegishli kompaniyalarga katta chegirma bilan oʻtkazilgan boʻlib, bu Ozarbayjon xalqiga kamida 600 million dollarga tushgan.

Kompaniya tarixi „Azercell Telecom“ MChJ 1996-yil yanvar oyida Ozarbayjon hukumati va Turkiyaning yirik mobil operatori — Turkcell oʻrtasida qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. Ushbu kelishuvga koʻra, Ozarbayjon hukumati operatorning 51 foiz ulushiga egalik qilgan.

„Azercell Telecom“ oʻz faoliyatini 1996-yil 15-dekabrda boshlagan. Kompaniya mamlakatning neft sektoridan tashqari faoliyat yurituvchi ikkinchi yirik soliq toʻlovchisiga aylandi.

2004-yilda Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi „Azercell“ni xususiylashtirish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etdi. Ozarbayjon hukumati „TeliaSonera“ning davlat kompaniyasini mustaqil ravishda xususiylashtirishiga toʻsqinlik qildi va unga „Cenay Insaat“ (Aliyev rejimi bilan hamkorlik qilishi maʼlum boʻlgan turk kompaniyasi) va nomaʼlum „mahalliy hamkor“ bilan birga xususiylashtirishni amalga oshirishni buyurdi. Keyinchalik surishtiruvlar natijasida ushbu mahalliy hamkor Ilhom Aliyev oilasiga tegishli ofshor kompaniyalar ekani maʼlum boʻldi.

2018-yilda „Telia“ 58,55 foiz ulushga ega boʻlgan „Fintur Holdings“ oʻzining „Azertel“dagi ulushini Ozarbayjon Respublikasiga qarashli „Azerbaijan International Telecom“ MChJga sotdi.

Xizmatlar 4G 2012-yil 24-mayda „Azercell“ 4G platformasiga asoslangan xizmatlar ishga tushirilganini eʼlon qildi. „Azercell“ning 4G tarmogʻi butun Boku shahri va unga yaqin shaharchalarni qamrab olgan. Tarmoqlar 1800 MGts chastotada ishlaydi. 4G tarmogʻi joriy etilgan ikkinchi hudud Naxchivan Avtonom Respublikasi boʻldi.

Bozor ulushi va qamrovi Ozarbayjon mobil aloqa bozorining 51 foizi „Azercell“ga tegishli; uning geografik qamrovi 94,15 foizni, aholi qamrovi esa 98,70 foizni tashkil etadi.

Shuningdek qarang Ozarbayjonda telekommunikatsiya Ozarbayjon raqamli rivojlanish va transport vazirligi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ozarbayjon mobil aloqa kompaniyalari Turkum:Ozarbayjon brendlari Turkum:Bokuda joylashgan kompaniyalar Turkum:1996-yilda tashkil etilgan kompaniyalar