Barsian masjidi va minorasi shia juma masjidi boʻlib, Bersian Jome masjidi (; ) nomi bilan ham tanilgan masjid va 34 metr balandlikka ega minoradan iborat majmua. Eronning Isfahon ustoni, Isfahon shahridan taxminan sharqdagi Barsian qishlogʻida joylashgan

Masjid va minora 1937-yil 3-martda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.

Umumiy maʼlumot Masjdi yozuvlariga koʻra, minora va masjid mos ravishda 1098-yil milodiyda hamda 1105–1134-yillar oraligʻida Saljuqiylar sulolasi hukmdori Sulton Barkiyaruq davrida qurilgan.

Minora Eron hududida yozuvli minoralar ichida toʻrtinchi eng qadimiy minora hisoblanadi. Minoranning pastki qismi sodda gʻisht terish uslubida ishlangan boʻlsa, yuqori qismida bezakli gʻishtlardan koʻproq foydalanilgan.

Barsian masjidi mohirona oʻzining gʻisht terish ishlari, eʼtiborga molik mehrobi va chiroyli ganch bezaklari bilan ajralib turadi. Masjidning gʻisht bezaklari va gumbazi Isfahon Jome masjididagi Toj ul-mulk gumbaziga juda oʻxshash boʻlib, ayrimlar Barsian masjidini ham ayni oʻsha masjid meʼmori qurgan deb hisoblaydi. Tahmosb I davrida masjidning shimoliy tomoniga sahn va ayvon qoʻshib qurilgan. Sahn va iwan XVI asrda yakunlangan.

Galereya

Yana qarang

Erondagi masjidlar ro‘yxati

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:12-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:1090-yillarda yakunlangan binolar va inshootlar Turkum:1100-yillarda yakunlangan binolar va inshootlar Turkum:Eron milliy merosi ro‘yxatidagi masjidlar Turkum:Eronda islom me’morchiligi Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar Turkum:Isfahon viloyatidagi masjidlar Turkum:Safaviylar masjidlari Turkum:Erondagi saljuqiylar masjidlari Turkum:Erondagi shia masjidlari