Erjon Tola (1986-yil 15-dekabrda tugʻilgan) – albaniyalik togʻ changʻichisi. U 2006, 2010, 2014 va 2018-yillardagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Albaniya sharafini himoya qilgan,.

Biografiyasi Tola 1986-yilda Tirana shahrida tugʻilgan. U mashgʻulotlarni Italiyada olib boradi va 1992-yildan beri Cervinia hududida yashab kelmoqda.

Karyerasi Erjon Tola 2006-yildagi ilk Olimpiya ishtirokida erkaklar oʻrtasidagi super-G bahsida marraga yetib kelgan sportchilar orasida oxirgi oʻrinni egalladi, biroq gigant slalomda 35-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida esa u slalom bahsida 48-oʻrinni, gigant slalomda esa 63-oʻrinni egalladi.

2013-yilda Tola ilk bor Jahon chempionati hamda Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etdi.

U 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ham oʻyinlarida Albaniyasharafini himoya qildi, ammo mashgʻulot vaqtida olgan jarohati sababli hech bir musobaqada qatnasha olmadi.

2018-yilda Erjon Tola va Suela Mehilli Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Albaniya delegatsiyasidan joy olgan. Bu Tolaning toʻrtinchi, Mehilliyning esa ikkinchi Olimpiya oʻyinlari edi.

Tola oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijasini 2021-yilda FIS Alpine World Ski Championships 2021 (Kortina-dʼampetsso)da oʻtkazilgan Jahon chempionatida slalom bahsida qayd etgan.

Manbalar

Turkum:Albaniya sportchilari Turkum:Tiranada tugʻilganlar Turkum:Togʻ changʻi sporti