Albaniya 2014-yil 7–23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari musobaqalarida ishtirok etdi. Jamoa togʻ changʻi sporti boʻyicha qatnashgan ikki nafar sportchidan iborat boʻlib, ular orasida ilk bor bir nafar ayol sportchi ham bor edi.
Togʻ changʻi sporti
2014-yil 20-yanvarda eʼlon qilingan yakuniy kvota taqsimotiga koʻra, Albaniya saralash bosqichida ikki nafar sportchi bilan qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan edi. Erjon Tola ketma-ket uchinchi marta Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, biroq mashgʻulot vaqtida qoʻlini sindirib olgani sababli musobaqadan chekinishga majbur boʻldi.
18-fevral kuni Suela Mëhilli giant slalom bahsida marraga yetib kelgan 74 nafar ishtirokchi orasida 60-oʻrinni egalladi. Biroq u slalom musobaqasida birinchi urinishni boshlaganidan soʻng masofani yakunlay olmadi.
SportchiMusobaqa1-urunish2-urunishUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinErjon TolaErkaklar giant slalomStart olmadiErkaklar slalomStart olmadiSuela MëhilliAyollar giant slalom1:33.55651:34.36603:07.9160Ayollar slalomMusobaqadan chetlatildi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar