Ruhshona Olimjonova (2007-yil 1-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, U20 terma jamoasi hamda ayollar chempionatining OKMK klubi yarim himoyachisi.

Klubdagi faoliyati

Ruhshona Olimjonova futboldagi faoliyatini 2021-yil OKMK jamoasida boshlagan. Jamoa bilan 2024-yil O'zbekiston Oliy ligasida vitse-chempionga aylangan.

2025-yining boshida Ruhshona Olimjonova Qarshining Sevinch klubiga ko'chib o'tdi. U jamoadagi 1 yillik faoliyati davomida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritdi. Jamoasi bilan O'zbekiston ayollar Oliy ligasi va mamlakat kubogi musobaqalarida g'olib bo'ldi. Osiyo chempionlar ligasida jamoasi bilan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.

Ruhshona Olimjonova 2026-yilning yanvar oyida OKMK jamoasiga qaytdi.

Yutuqlari Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi chempioni: 2025

Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi vitse-chempioni: 2024

Oʻzbekiston Ayollar kubogi sohibi: 2025

Oʻzbekiston Superkubogi: 2025

CAFA U-15 chempionati: 2022

CAFA U-17 chempionati: 2023

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ayol futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar