Edadil Kadın ( – „Koʻngil nafisligi“; 1845-yilda tugʻilgan – 1875-yil 12-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulazizning xotini.
Hayoti Edadil abxaz millatiga mansub boʻlib, shahzoda Aredba Tandal beyning qizi boʻlgan. Uning hech boʻlmaganda bir ukasi boʻlgan. Edadil yoshligidayoq saroy xizmatiga kirgan va u yerda, ayniqsa, Volida Sulton, Abdulazizning onasi Pertevniyal Sultonga yoqib qolgan. Abdulaziz taxtga chiqqanidan soʻng Edadil sultonga uning oʻgay opasi Adile Sulton tomonidan aka-singil oʻrtasidagi yarashuv ramzi sifatida taqdim etilgan. Edadil jozibali, qoʻngʻir sochli va och koʻk koʻzli ayol sifatida tasvirlangan.
1861-yilda, Abdulaziz taxtga chiqqanidan keyin Edadil Dolmabahçe saroyida Abdulazizga turmushga chiqqan va „Ikkinchi Kadın“ unvonini olgan. Nikohdan 1 yil oʻtib, 1862-yil 14-noyabrda u birinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mahmud Jaloliddinni dunyoga keltirgan.
Oradan 4 yil oʻtgach, 1866-yil 30-noyabrda ikkinchi farzandi, qizi Emine Sulton dunyoga kelgan. Biroq malika 1867-yil 23-yanvarda vafot etgan.
Vafoti Edadil Kadın 1875-yil 12-dekabrda eri Abdulazizdan 1 yil oldin Dolmabahçe saroyida ukasining bemavrid oʻlimi tufayli chuqur qaygʻuga botish oqibatida vafot etgan. Oʻlimidan keyin Divan Yolu koʻchasida joylashgan Sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilingan.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Shahzoda Mahmud Jaloliddin 1862-yil 14-noyabr 1888-yil 1-sentyabr 1 marta uylangan, farzandsiz. Emine Sulton 1866-yil 30-noyabr 1867-yil 23-yanvar Dolmabahçe saroyida tugʻilib, goʻdakligidayoq shu saroyda vafot etgan va Mahmud II maqbarasiga dafn qilingan.
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1875-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari