Fjällbackamorden – Shvetsiyada suratga olingan, har biri 1,5 soatlik boʻlgan olti qismdan iborat televizion filmlar turkumi boʻlib, yozuvchi Camilla Läckberg tomonidan yozilgan Fjällbackamorden nomli jinoyat romanlari turkumidagi qahramonlar asosida yaratilgan. Loyiha yetakchi prodyuseri Tre Vänner Produktion boʻlgan. Serial Cannes Film Festivalda taqdim etilgan.

Ishlab chiqarish Filmlarni turli rejissyorlar suratga olgan. Suratga olish ishlari bir muddat toʻxtatilgan, bunga rejissyor Daniel Lind Lagerlöfning 2011-yil 6-oktyabrda The Coast Rider filmi uchun suratga olish joylarini oʻrganish vaqtida bedarak yoʻqolib qolishi sabab boʻlgan. Shundan soʻng rejissyorlik vazifasini Rickard Petrelius oʻz zimmasiga olgan.

Manbalar