Kirsti Koventri (; 1983-yil 16-sentyabrda Zimbabvening Xarare shahrida tugʻilgan) – zimbabvelik suzuvchi, siyosatchi va xalqaro olimpiya harakatining faol aʼzosi boʻlib, ikki karra Olimpiya chempioni, yetti karra jahon chempioni, 14 marta Afrika oʻyinlari gʻolibi hamda koʻp bora jahon rekordchisi unvonlariga sazovor boʻlgan. Koventri Zimbabve tarixidagi eng koʻp unvonlarga ega sportchi hisoblanadi. U chalqancha suzish va kompleks suzish turlarida ixtisoslashgan. Koventrining sportdagi eng yuqori koʻrsatkichlari 2004—2009-yillarga toʻgʻri kelgan. Bu davrda u ikkita Olimpiya oʻyinlari va uchta jahon chempionatida jami 15 ta medal, jumladan 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

2025-yil 20-mart kuni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 144-sessiyasida tashkilotning 10-prezidenti etib saylandi. 2025-yil 23-iyunda lavozimga kirishib, XOQ tarixidagi birinchi ayol va birinchi Afrika vakili sifatida prezidentlik lavozimini egallagan.

2018—2025-yillarda prezident Emmerson Mnangagwa davrida Zimbabvening Yoshlar, sport, sanʼat va dam olish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. XOQ Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, XOQ sportchilar komissiyasi raisi boʻlgan.

2025-yil mart oyiga kelib, u 50 metrlik basseynlarda suzish boʻyicha Zimbabvening 11 ta shaxsiy rekordiga (shundan 6 tasi Afrika rekordi ham hisoblanadi) va 25 metrlik basseynlarda 8 ta rekordga (shundan 6 tasi Afrika rekordi ham hisoblanadi) ega edi. Shuningdek, 200 va 400 metr masofada kompleks suzish boʻyicha 2008-yilda Koventri tomonidan oʻrnatilgan Zimbabve ayollar rekordlari erkaklar rekordlaridan ham tezroq edi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzolari Turkum:2004-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori