Robia Şermi Kadın ( – „bahor“ va „xotirjam“; 1732-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad II ning xotinlaridan biri, sulton Abdulhamid I ning onasi.

Hayoti Robia Şermining tugʻilgan joyi va sanasi nomaʼlum. U Usmoniylar imperiyasining qul savdosi qurboniga aylangan va Ahmad III ning xalfasi sifatida Usmoniylar haramiga kiritilgan. 1725-yil 20-martda Robia Şermi oʻzining yagona oʻgʻli Abdulhamid I ni dunyoga keltirgan. 1728-yilda oʻgʻli 3 yoshga toʻlganida Üsküdarning Şemsipaşa mahallasida favvora qurdirgan. 1730-yilda sulton Ahmad taxtdan agʻdarilgan va uning jiyani Mahmud I taxtga oʻtirgan. Şermi Ahmadning haramidagi boshqa xotinlari bilan birga Boyazid maydonidagi Eski saroyga joʻnatilgan.

Oʻlimi va undan keyingi voqealar Şermi 1732-yilda vafot etgach, uning 7 yoshli oʻgli Abdulhamid onasiz qolgan. Shundan soʻng Abdulhamid oʻgay akasi Mustafa III ning vasiyligiga topshirilgan. Robia Şermi Istanbulda joylashgan Yangi masjiddagi sulton xonimlar maqbarasiga dafn qilingan.

Robia Şermi Kadın hech qachon Volida Sulton unvoniga sazovor boʻlmagan, chunki Abdulhamid 1774-yilda oʻgay akasi Mustafa III ning vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Robia Şermi oʻgʻli taxtga oʻtirishidan 42 yil oldin vafot etgan edi. Sulton Abdulhamid keyinchalik onasining xotirasiga bagʻishlab Beylerbeyi masjidini qurdirgan.

Farzandlari Sulton Ahmad bilan Robia Şermining bir oʻgʻli boʻlgan: Abdulhamid I 1725-yil 20-martda Topkapı saroyida tugʻilgan. 1789-yil 7-aprelda Turkiyaning Istanbul shahrida vafot etgan. Oʻlimidan keyin Istanbulning Fotih tumanidagi Abdulhamid I maqbarasiga dafn qilingan. Abdulhamid I Kafesda 44 yil davom etgan majburiy izolyatsiyadan soʻng Usmoniylar imperiyasining 27-sultoniga aylangan.

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar sulolasi Usmoniylar sulolasi shajarasi Usmoniylar imperiyasi sultonlari roʻyxati Usmoniylar taxtiga merosxoʻrlik tartibi Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:1732-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr usmonli sultonlari xotinlari Turkum:Usmoniylar sultonlarining onalari Turkum:18-asrda Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari