Bezmiara Kadın ( – „bezatilgan bazm“; 1909-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulmajid I ning ikkinchi qonuniy xotini.
Yoshligi Kelib chiqishi cherkeslardan boʻlgan Bezmiarani „Misirli xonim“ nomi bilan tanilgan Fotima Zahro xonim farzandlikka olgan. Zahro xonim Mehmed Orif poshoning qizi, bosh vazir Halil Hamid poshoning nabirasi boʻlgan. Bezmiara Misrli Muhammad Alining oʻgʻli Ismoil Komil posho bilan turmush qurgan. Ismoil poshoning vafotidan keyin Fotima Zahro Istanbulga koʻchib kelgan va Akıntıburnudagi Halil Hamid posho saroyiga joylashgan.
Birinchi turmushi Abdulmajid 20 yoshlarda boʻlgan chogʻida bir kuni Misirli xonimnikiga tashrif buyurgan. U yerda pianino chalgan Bezmiarani koʻrib, unga oshiq boʻlgan. Shundan soʻng Abdulmajid uning qoʻlini soʻragan, ammo Bezmiara bu taklifni keskin rad etgan. Biroq oradan koʻp oʻtmay, u taklifga rozilik bildirgan. Ularning nikohi 1847-yilda boʻlib oʻtgan va Bezmiaraga „Beshinchi iqbol“ unvoni berilgan.
1848-yilda Bezmiara „Toʻrtinchi iqbol“ unvoniga koʻtarildi. 1850-yil 22-fevralda Çırağan saroyida oʻzining yagona farzandi – qizi Muqbil Sultonni dunyoga keltirdi, biroq farzandi ikki oyligida vafot etdi. Oʻsha yili Bezmiara „Uchinchi iqbol“ unvoniga, 1853-yilda esa „Katta iqbol“ unvoniga koʻtarildi. 1854-yilda esa Bezmiara „Beshinchi Kadın“ unvoniga sazovor boʻldi.
Abdulmajid Bezmiarani nafaqat sevardi, balki uni yuksak qadrlar edi ham. U Bezmiaraga unga sovgʻa qilgan chiroyli kemasiga koʻchib oʻtishiga ruxsat bergan. Aynan oʻsha yerda Bezmiara Tevfik posho bilan sirli va yaqin munosabat oʻrnatgan.
Ikkinchi turmushi 1859-yilda Bezmiara Abdulmajid bilan ajrashdi va 1859-yil 2-iyunda Tevfik posho bilan turmush qurdi. Garchi sultonning vazirlari ajralish shartnomasida sultonga nisbatan haqorat boʻlmasligi uchun Bezmiaraga qayta turmush qurmaslik majburiyatini yuklagan boʻlsalar-da, Abdulmajid vazirlarning bu soʻzlarini eʼtiborsiz qoldirdi. Shuningdek, Abdulmajid er-xotinga Toj mulkiga tegishli boʻlgan bir saroyni berdi. 1861-yilda Abdulmajidning oʻlimidan soʻng taxtga Abdulaziz chiqqach, u Tevfik posho va Bezmiarani Bursaga joʻnatdi. Oradan koʻp oʻtmay, ular ajrashdilar va Tevfik 1865-yilda qatl etildi. Ularning 1862-yil 28-oktyabrda Istanbulda tugʻilgan Emine Cavidan xonim ismli qizi bor edi. Bezmiara va Tevfik posho qizining tugʻilishidan keyin ajrashgan.
Cavidan 1886-yilda Abdulmajid va Serfiraz xonimning oʻgʻli Shahzoda Salim Sulaymonga turmushga chiqqan. Biroq keyinchalik ular ajrashgan va Cavidan 1891-yil 2-fevralda Misr shahzodasi Husayn beyga turmushga chiqqan. 1898-yilda shahzodaning oʻlimidan keyin esa Cavidan Usmon posho bilan turmush qurgan.
Uchinchi turmushi Bezmiara Tevfik posho bilan ajrashganidan soʻng Bursa avqof (vaqflar) direktori Uzun Ahmad beyga turmushga chiqqan. Bir necha yildan soʻng ular ham ajrashganlar. Shundan soʻng Bezmiara yana Istanbulga qaytib kelgan va shu shaharda ogʻir hayot kechirgan.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Abdulmajid I dan Muqbil sulton 1850-yil 9-fevral 1850-yil 25-fevral Çırağan saroyida tugʻilgan, goʻdakligida vafot etgan va Yangi masjidda dafn etilgan. Tevfik PoshodanEmine Cavidan xonim 1862-yil 28-oktyabr. 3 marta turmushga chiqqan, zurriyot qoldirgan. Uzun Ahmad veydanfarzandsiz
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Cherkes zodagonlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:Cherkes ayollari