Kati Tabin (1997-yil 21-aprelda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Professional Ayollar Xokkey Ligasinin (PWHL) Montreal Victoire jamoasi safida oʻynaydi. Ilgari Premyer Xokkey Federatsiyasining (PHF) Connecticut Whale va Toronto Six jamoalari safida oʻynagan.

Sport faoliyati Kollej Tabin oʻzining talabalar oʻrtasida muz ustida xokkey faoliyatini 2016–2017-yilgi mavsumda Quinnipiac jamoasi safida boshlagan. 1-kursda u 32 ta oʻyinda 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani qayd etgan. Ilk golini 2016-yil 4-noyabrda Clarkson jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2017–2018-yilgi mavsumda 2-kursda oʻqiyotgan paytida 38 ta oʻyinda 3 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2018–2019-yilgi mavsumda 3-kursligida esa 36 ta oʻyinda 4 ta gol va 9 ta golli uzatmani qayd etgan.

2019-yil 10-sentyabrda Tabin 2019–2020-yilgi mavsum uchun hamkapitan etib tayinlangan. Toʻrtinchi yaʼni soʻnggi oʻquv yilida sportchi 37 ta oʻyinda 5 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Mavsum yakunida sportchi All-ECAC uchinchi terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Professional Tabin oʻzining professional debyut oʻyinini PHFning Connecticut Whale jamoasi safida 2021-yil 14-noyabrda amalga oshirgan. 2021–2022-yilgi mavsumda sportchi Whale safida 6 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2022-yil 28-iyulda Tabin PHFning Toronto Six jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. 2022–2023-yilgi asosiy mavsumda 24 ta oʻyinda ishtirok etib, jami 4 ta gol va 14 ta golli uzatma bilan barcha himoyachilar orasida eng yuqori natijani koʻrsatgan. Pley-off bahslarida esa Tabin 4 ta oʻyinda 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirib, Six jamoasining Izobel kubogini qoʻlga kiritishida yordam bergan. 2023-yil 12-iyunda sportchi Toronto bilan 2 yillik yangi shartnoma imzolagan.

2023-yil 21-noyabrda Tabin Montreal bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. 2023–2024-yilgi asosiy mavsumda 24 ta oʻyinda 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani qayd etgan. U Montreal jamoasining asosiy himoya juftligida Erin Ambrouse bilan birga oʻynagan va 26 ta raqib zarbasini toʻsgan holda PWHL boʻyicha barcha oʻyinchilar orasida 1-oʻrinni egallagan. 2024–2025-yilgi mavsumda Tabin 28 ta oʻyinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U jamoa tarkibida 26 ta kuchli zarbani amalga oshirgan holda 2-oʻrinni egallagan. 2025-yil 16-iyunda sportchi Montreal bilan 2 yillik shartnoma muddatini uzaytirgan.

Xalqaro faoliyati 2026-yil 9-yanvarda Tabin 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi Kanada terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Manbalar

Havolalar

Kvinnipiyak Bobkets biografiyasi

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr kanadalik ayol sportchilar