Nesrin xonim ( – „yovvoyi atirgul“, 1826 – 1853-yil 2-yanvar) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I ning xotinlaridan biri.

Hayoti Nesrin xonimning millati gruzin boʻlib, zodagon oila vakillari Manuchar bey Asemiāni va Mahra xonimning qizi boʻlgan. Abdulmajidning onasi Bezmiâlem Sulton tomonidan oʻgʻli uchun xotin (joriya) sifatida tanlab olingan. Nesrin xonim 1842-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va unga „Uchinchi iqbol“ unvoni, keyinchalik „Ikkinchi iqbol“ unvoni berilgan. Oʻsha yili Nesrin birinchi farzandi, oʻgʻil shahzoda Mehmed Ziyouddinni dunyoga keltirgan, biroq shahzoda yoshligidayoq vafot etgan. 1848-yil 6-avgustda Nesrin xonim Eski Çırağan saroyida ikkinchi farzandi, qizi Behice Sultonni dunyoga keltirgan.

1850-yil Nesrin egizak oʻgʻil farzand koʻrgan va ularga Shahzoda Mehmed Nizomiddin va Shahzoda Mehmed Bahouddin deb ism berilgan. Abdulmajid bu paytda Onadoʻlida safarda edi. Farzandli boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarni onasi Bezmiālem Sulton orqali olgan. Har ikkala shahzoda ham yoshligida vafot etgan.

Nesrin xonim 1853-yil 2-yanvarda sil kasalligi oqibatida, shuningdek, uch farzandidan ayrilib chuqur gʻamga choʻkkani sababli vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidga dafn qilingan. Qizi Behice Sultonni Abdulmajidning boshqa xotinlaridan biri Şayan Kadın asrab olgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Shahzoda Mehmed Ziyouddin 1842-yil 22-aprel 1845-yil 27-aprel Yangi masjidda dafn qilingan. Behice Sulton 1848-yil 6-avgust 1876-yil 30-noyabr Onasining vafotidan keyin uni Şayan Kadın asrab olgan. Bir marta turmushga chiqqan, farzandsiz. Shahzoda Mehmed Bahouddin 1850-yil 24-iyun 1852-yil 9-noyabr Nizomiddinning egizak akasi. Yangi masjidda dafn qilingan. Shahzoda Mehmed Nizomiddin 1850-yil 24-iyun 1852-yil Bahouddinning egizak ukasi. Yangi masjidda dafn qilingan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1853-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari