Kayxusrav I ( yoki Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Kilij Arslon; ) Kilij Arslan IIning oʻn birinchi va kenja oʻgʻli boʻlib, Rum saljuqiy sultoni edi. 1192-yilda otasining oʻrniga taxtga chiqqan. Biroq, sultonlik ustidan nazorat uchun aka-ukalari bilan kurashishga majbur boʻlgan va 1196-yilda akasi Sulaymonga yutqazgan. 1192—1196 va 1205—1211-yillarda hukmronlik qilgan. Ismi „Kayxusrav“ nomi afsonaviy Shohnoma qahramoni Kayxusrav ismidan kelib chiqqan. Kelib chiqishi Kayxusravning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Kilij Arslonning () oʻn birinchi va eng kenja oʻgʻli boʻlgan. Onasi Vizantiyadan kelib chiqqanThe Seljuks of Anatolia: Court and Society in the Medieval Middle East. (2012). Storbritannien: Bloomsbury Publishing.. Kayxusrav yaxshi taʼlim olgan, oʻz ona tili turk tilidan tashqari, fors, arab va yunon tillarini ham oʻrgangan. Turmushi Kayxusrav Manuel Maurozomesning qiziga uylangan. Manuel Maurozomes Kayxusravning vassali sifatida Chonae va Laodicea qal’alarini boshqargan. Hukmronlik 1192/93-yilda Kayxusrav Vizantiya zodagoni Theodore Mangaphasni, Mangaphasnga nisbatan boʻladigan munosabat kafolatlangach, imperator Isaakka qaytarib bergan. Akasi Rukniddin Sulaymonshoh Koʻniya tomon tezkor yurish boshlaganida, Kayxusraw 1196-yilda Konstantinopolga qochgan. 1197—1203-yillarda Konstantinopolda yashagan va ehtimol hatto choʻqintirilgan boʻlishi mumkin. Kayxusravning oʻzi yozgan masnaviy asarida oʻsha davrdagi taqdirini ilohiy omadidan (farr) ayrilgach, surgunda yurishga majbur boʻlgan afsonaviy eroniy qahramon Jam (Jamshid) taqdiri bilan qiyoslaydi.

Sulaymon vafotidan va Kilij Arslonning sultonlik taxtiga chiqishidan soʻng, Kayxusrav Koʻniyaga kuch bilan kirib borgan, Kilijni hokimiyatdan chetlatgan va ikkinchi bor taxtga oʻtirgan.

Kayxusraw 1207-yilda Antaliyani Nikeya imperiyasi garnizonidan tortib olib, Rum saljuqiy sultonligiga Oʻrta yer dengiziga chiqish imkonini beruvchi portni olib bergan. Aynan shu yili Kayxusrav Antaliyada masjid qurdirgan.

Kayxusraw 1211-yilda Meandr daryosi bo‘yidagi Antioxiya jangi halok boʻlgan. Uning Manuel Maurozomesning qizidan tugʻilgan oʻgʻli Kayqubod I 1220—1237-yillarda sultonlikni boshqargan. Nabirasi esa Kayxusrav II boʻlib, 1237—1246-yillarda hukmronlik qilgan. Kayxusravning jasadi Koʻniyaga olib kelingan va u yerda oʻz sulolasining ajdodlar maqbarasiga dafn etilgan. Shaxsiyati thumb|Antaliyada joylashgan Kayxusravning zamonaviy haykali. Muallif Meret Övezov Rustam Shukurovga koʻra, Kayxusrav I „ikkiyoqlama nasroniy va musulmon shaxsiyatga ega boʻlgan. Bu shaxsiyat esa turkiy/forsiy va yunon etnik mansubligining ikkiyoqlamaligi bilan yanada murakkablashgan“. Madaniyat Kayxusrav fors tilida sheʼrlar yozgan. Muhammad ibn Ali Ravandiy (1207-yildan keyin vafot etgan) Saljuqiylar imperiyasi tarixiga bagʻishlangan Rahat as-sudur va-ayat as-surur nomli tarixiy asarini Kayxusravga bagʻishlagan. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1211-yilda vafot etganlar Turkum:Jangda oʻldirilgan monarxlar Turkum:Vizantiya—Saljuqiy urushlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asr Rum sultonlari Turkum:12-asr Rum sultonlari Turkum:Fors tilli shoirlar Turkum:Vizantiya kelib chiqishiga mansub shaxslar