Furkan Akar (2002-yil 6-martda tugʻilgan) – turkiyalik short-trek sportchisi. U short-trek boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Turkiyaning ilk vakili hisoblanadi. Shuningdek, u Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ushbu sportning 1000 metrlik masofasida 6-oʻrinni egallab, Turkiya tarixida Qishki Olimpiya oʻyinlarida „Top 10“ talikka kirgan birinchi va hozircha yagona sportchi boʻldi.

Akar 2023-yilgi Yevropa chempionatida 1000 metrlik trekda 1:34.780 natija bilan uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bu short-trek yoʻnalishida Turkiya uchun ilk tarixiy medal hisoblanadi. Yoshlik yillari Furkan Akar 2002-yil 6-mart kuni Turkiyaning Erzurum shahrida tugʻilgan. U qishki sport turlariga boʻlgan qiziqishini akasining mashgʻulotlarini kuzatish jarayonida orttirgan va aynan uning taʼsiri ostida sportga kirib kelgan. Toʻqqiz yoshida Akar changʻi sporti bilan shugʻullana boshlagan.

U hozirda Arzirum shahridagi Atatürk universitetining Sport fanlari fakultetida sport murabbiyligi yoʻnalishida tahsil olmoqda. Sportchilik karyerasi Akar short-trek yoʻnalishida Arzirum G. S.İ.M. litsenziyasi ostida musobaqalarda ishtirok etadi. U 2015-yildan buyon Turkiya milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Akar 2019-yilda Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar qishki olimpiya festivali doirasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida 500 metr masofada bronza, 1500 metr masofada esa kumush medalni qoʻlga kiritgan.

U 2021–2022-yilgi ISU Tezkor konkida uchish boʻyicha Jahon kubogi doirasida erkaklar oʻrtasidagi 1000 metr masofaga bahsda ishtirok etib, 17-oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan.

Akar 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Ayşenur Duman bilan birgalikda Turkiya delegatsiyasining bayroqdori etib tayinlangan. U short-trek boʻyicha 1000 metr masofadagi musobaqada ishtirok etib, Final B bosqichida 1:36.052 natija bilan ikkinchi oʻrinni egallagan va umumiy hisobda 6-oʻrindan joy olgan.

Shuningdek, u 2023-yilgi Short-trek boʻyicha Yevropa chempionatida 3-oʻrinni egallagan.

Manbalar

Turkum:Turkiyalik sportchilar Turkum:Arzirumda tugʻilganlar Turkum:Short-trekchilar Turkum:Yashayotgan insonlar