Erzurumspor Futbol Kulübü — Erzurum shahrida joylashgan Turkiya professional futbol klubi. Hozirda Turkiya futbol tizimining ikkinchi darajasi hisoblangan TFF Birinchi ligasida ishtirok etadi.

Klub 2005-yilda tashkil etilgan bo'lib, ranglari ko'k va oqdan iborat. Jamoa 2010-yilda havaskorlar darajasida musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2016-yildan 2018-yilgacha ketma-ket yuqori ligalarga ko'tarilib, 2018–19-yilgi mavsumda Superligada debyut qilgan.

Tarixi Klub 2005-yilda Erzurum Büyükşehir Belediyespor nomi bilan tashkil etilgan. Debyut mavsumida klub Mintaqaviy havaskorlar ligasida ishtirok etdi va 2010–11-yilgi mavsumda 1-guruhda 49 ochko bilan gʻalaba qozondi.

2011-yildan 2016-yilgacha jamoa ketma-ket 5 mavsum davomida TFF Uchinchi ligasida o‘ynadi. 2014-yilda klub nomi Büyükşehir Belediye Erzurumspor deb o‘zgartirildi. Klub 2015–16-yilgi TFF Uchinchi ligasida 36 o‘yinda 74 ochko to‘plab, eng yaqin taʼqibchisi Kızılcabölükspordan 6 ochko oldinda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. TFF Ikkinchi ligasiga ko‘tarilgan jamoa, 2016–17-yilgi mavsumda "Oq guruhda" (White Group) ishtirok etdi va muntazam mavsumni 61 ochko bilan 3-o‘rinda yakunladi. Pley-off bosqichida ketma-ket Kocaeli Birlikspor, Amed S.K. va Gümüşhanespor jamoalarini mag‘lub etib, 2017–18-yilgi mavsum uchun TFF Birinchi ligasiga yo‘llanma oldi.

2017–18-yilgi mavsumda klub pley-off finalida penaltilar seriyasiga koʻra 5–4 hisobida Gazişehir Gaziantep jamoasini magʻlub etdi va oʻz tarixida ilk bor Superligaga yoʻllanma oldi. Ular Superligadagi ilk oʻyinini 2018-yil 12-avgust kuni Konyaspor jamoasiga qarshi Konya Büyükşehir stadionida oʻtkazishdi va 2–3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Superliga darajasidagi ilk golni fransiyalik himoyachi Léo Schwechlen Konyaspor darvozasiga kiritdi. Klub Superligadagi birinchi mavsumidayoq ligani tark etishdan qutulib qola olmadi va 34 haftadan soʻng 35 ochko bilan 17-oʻrinni egallab, quyi ligaga tushib ketdi.

Keyingi mavsumda 62 ochko toʻplagan holda TFF Birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egalladi va chempion Hatayspor bilan birga toʻgʻridan-toʻgʻri Superligaga koʻtarildi. Klub 2020-yil avgust oyida oʻzining futbol akademiyasini tashkil etdi.

Klub 2021-yil 21-martda, 2020–21-yilgi mavsum Superligasining 31-haftasida Antalyasporga qarshi o‘yindagi 1–3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiy Mesut Bakkalni isteʼfoga chiqardi. Garchi klub 2021-yil 23-martda İsmail Kartal bilan kelishuvga erishganini eʼlon qilgan bo‘lsa-da, Kartal ish boshlaganidan atigi 5 kun o‘tib, 28-mart kuni Antalyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini paytida "na quvvat, na motivatsiya borligi"ni sabab qilib ko‘rsatib, isteʼfoga chiqdi. Klub 2021-yil 29-mart kuni Yılmaz Vural bilan kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.

Stadioni + Erzurumspor FK stadionlari tarixi#StadionSigʻimiYillar1Kazim Karabekir stadioni21,374 2010–hozirgacha Tashkil etilganidan buyon Erzurumspor FK oʻz uy oʻyinlarini Kazim Karabekir stadionida oʻtkazib keladi. 1968-yilda ochilgan stadion 2011-yilga qadar Turkiyaning 4-prezidenti sharafiga Cemal Gürsel stadioni deb atalgan. Soʻngra 2012-yilga qadar "Yangi Erzurum stadioni", 2012-yildan boshlab esa Kazim Karabekir stadioni deb nomlanadi.

Yutuqlari Turkiya Birinchi ligasi Pley-off g'olibi: 2017–18 Turkiya Ikkinchi ligasi Pley-off g'olibi: 2016–17 Turkiya uchinchi ligasi G'olib: 2015–16 Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi G'olib: 2010–11

Murabbiylar shtabi 2025-yil holatiga ko'ra LavozimIsm-sharifBosh murabbiy Serkan ÖzbaltaYordamchi murabbiy Orkun YıldırımDarvozabonlar murabbiyi Mustafa Güneş

Jamoa statistikasi

Oxirgi mavsumlar + Mavsumlar bo'yicha liga va kubok musobaqalari natijalariMavsumLigaMamlakat kubogiYevropaBoshqaEng yaxshi to'purar(lar)Barcha musobaqalardagi gollar.DivizionMusobaqaNatijaMusobaqaNatijaMusobaqaNatijaIsm-sharifGollar2010–11Turkiya kubogi2011–122012–132-raund2013–142014–153-raund2015–162-raund2016–173-raundYo'llanma pley-offlariG'olib2017–185-raund2018–194-raund2019–20Chorak final

Oʻyinchilar

Joriy tarkib

Shartnomasi mavjud boshqa futbolchilar

Ijaraga berilganlar

Murabbiylar shtabi 2021-yil 9-aprel holatiga ko‘ra LavozimiIsmiBosh murabbiy Serkan ÖzbaltaYordamchi murabbiy Orkun YıldırımYordamchi murabbiy Turgay DemirYordamchi murabbiy Faruk Öztürk Yordamchi murabbiy Ersun CanDarvozabonlar murabbiyi Mustafa GüneşJismoniy tayyorgarlik murabbiyi Uğur KılıçSkaut Fatih Mesut YılmazSkaut Eyüp Hakanoğlu

Murabbiylar tarixi  FuqaroligiIsmiYillar Hasan Çelik2010–2011 Faik Demir2011–2012 Taşkın Güngör 2012–2013 Yavuz İncedal2013–2014 Taşkın Güngör 2014–2015 Turhan Özyazanlar2015 Besim Durmuş2015–2016 Ahmet Yıldırım2016–2017 Osman Özköylü2017–2018 Mehmet Altıparmak2018 FuqaroligiIsmiYillar Mehmet Özdilek2018–2019 Hamza Hamzaoğlu2019 Muzaffer Bilazer2019 Erkan Sözeri2019–2020 Mehmet Özdilek2020 Hüseyin Çimşir2020 Mesut Bakkal2020–2021 İsmail Kartal2021 Yılmaz Vural2021 Erkan Sözeri2021–2022 FuqaroligiIsmiYillar Yücel İldiz2022 Muzaffer Bilazer2022–2023 Hakan Kutlu2023–2025 Serkan Özbalta2025–hozirgacha

Prezidentlar tarixi  YillarFuqaroligiIsmi2011 Ahmet Küçükler2012 Mehmet Aydın2012–2015 Saim Özakalın2015 Ali Demirhan2018–2019 Mevlüt Doğan<2019–2020 Hüseyin Üneş2020– Ömer Düzgün

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti TFF.org saytida klub profili

Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:2005-yilda tashkil etilgan futbol klublari